1887 yilda
Veysman
gametalar hosil bo‘lishida hujayra bo‘linishi (meyoz) boshqacha ro‘y
berishini ko‘rsatib berdi.
Hujayraning shakli va o‘lchami har xil bo‘ladi. Ko‘p hujayralar shar shaklida yoki
cho‘ziq shaklda bo‘ladi. Ba’zi hujayralarni shakli doimiy bo‘lmaydi, o‘zgarib turadi. Masalan:
amyoba. qon hujayralari-leykotsitlar.
Hujayra nazariyasining asosiy qoidalari hozirgi kunda, quyidagilardan iborat:
1.
Hayot asosan hujayra shaklida mavjud bo‘lib, barcha organizmlar hujayradan tashkil
topgan. Hujayra tirik tabiatning bir bo‘lagi va unga tiriklik xususiyatlarining barchasi xos bo‘lib,
hujayra ko‘payish, modda almashish, strukturaviy hamda irsiy elementar birlikdir.
2.
Hujayra biologik informainya jarayoni ro‘y beradigan va bu jarayon kayta-kayta
ishlanadigan hamda hosil bo‘lgan enyergiyani yig‘uvchi, sarf qiluvchi boshqa xil enyergiyaga
aylantiruvchi murakkab tuzilmadir.