Bigl » kemasidagi safar va uning ahamiyati




Download 7,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/251
Sana07.06.2024
Hajmi7,63 Mb.
#261339
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   251
Bog'liq
biologiya majmua

Bigl
»
kemasidagi safar va uning ahamiyati.
«
Bigl kemasidagi safar 1831-yil 27-dekabrdan 
boshlanib, 1836-yil 2-oktyabrigacha, ya’ni salkam 5 yil davom etdi. Bu kema safarining asosiy vazifasi 


dengiz haritalarini mufassal tuzish maqsadida Janubiy Amyerikaning sharqiy va g'arbiy sohillarini hamda 
unga yaqin orollarni suratga olishdan, yyer atrofida bir nechta xronometrik oichov olishdan iborat edi. 
«
Bigl
»
ning marshruti.
1831-yil 27-dekabrda Angliya qirg‘oqlaridan chiqqan 
«
Bigl
»
kemasi 
Yashil Burun orollarida bir oz to‘xtagandan so‘ng, Janubiy Amyerikaning sharqiy qirg‘oqlariga yetib 
keldi. U aprel oyida Rio-De Janyeroda so'ngra Montevideo, Buenos-Ayresda borib, Olovli yyer tomon 
suzadi. Keyin yana shimol tomonga qaytib, 1833-yil avgustda Bayya-Blankaga yetib keladi. 1833-yil 
dekabrida Sharqiy qirg‘oqdagi barcha ishlar yakunlangach, kema Patagoniya qirg‘oqlari tomon suzadi va 
Olovli yyerni aylanib o‘tib, Janubiy Amyerikaning g‘arbiy qirg‘og‘i bo‘ylab suzib o‘tadi. U Pyeru va 
Chilining ba’zi gavanalarida to‘xtagach, 1835-yili Galapagoss orollariga yetib keladi. U yerda birmuncha 
vaqt bo‘lgach, Tinch okean orqali Yangi Zelandiya qirg'oqlariga yo‘l oladi. Kema Avstraliyada 
bo‘lgandan so‘ng, 1836-yil boshida Hind va Atlantika okeanlari orqali yana Braziliya qirg‘oqlariga yetib 
keladi va u yerdan Angliyaga qaytadi. 
Safarga ketayotgan Darvin Lyayelning 1830-yili chiqqan 
«
Geologiya asoslari
»
degan kitobining 
birinchi tomini o‘zi bilan olib ketgan edi. Yashil Buam orollarida olib borilgan dastlabki geologik 
kuzatishlarda Darvin Lyayelning geologic o‘zgarishlar asta-sekin borishi haqidagi mulohazalari boshqa 
mualliflar nazariyasiga nisbatan bir qancha afzalliklarga ega ekanligiga ishonch hosil qiladi. Janubiy 
Amyerikada olib borilgan kuzatishlar dastlabki xulosalarni yana bir marta tasdiqladi. Lyayelning 
geologiya sohasidagi nazariyasi o‘simliklar, hayvonlar ham sekinlik bilan evolyutsiya jarayonini o‘tadi, 
degan g‘oyani ilgari surishga undaydi. 
Kema Braziliyada bo’lganda, Parana daryosi qirg‘oqlari yaqinida Darvin qurg'oqchilikdan nobud 
bo’lgan bir qancha hayvonlar suyagining qoldiqlarini topdi va ularning ko‘plab qirilishi 
«
halokat 
nazariyasi
»
bilan bog’liq emasligini o‘z kundaligiga qayd qildi. Paleontologik qazilmalar ham Darvin 
fikrlarining yo‘nalishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. U Janubiy Amyerikaning Bayya-Blanka rayonida qadimgi 
davrlarda yashagan va qirilib ketgan sutemizuvchilardan 
milodont, taksodont, megaloniks, 
ssilidotyeriyalar
suyagining qoldiqlarini topdi. Ayniqsa, qirilib ketgan qadimgi chala tishlilarning hozirgi 
vaqtda yashayotgan yalqov, chumolixo'r, zirhlilarga o‘xshashligi Darvinni hayratlantirdi. U qirilib ketgan 
va hozirgi davrdagi tukotuko hamda suv cho‘chqalari o‘rtasida yanada ko‘proq o‘xshashlik borligini 
aniqladi. Qazilma holda topilgan ba’zi hayvonlar hozir yashayotgan bir qancha hayvon turkumlarining 
ayrim belgilarini o‘zida mujassamlashtirganligi ham ma’lum bo’ldi. Bu dalillar ilgari yashab, qirihb 
ketgan hayvonlar bilan hozirgi davrdagi hayvonlar o‘rtasida o‘zaro qarindoshlik bor, deb taxmin qilishga 
sabab bo’ldi.
Buenos-Ayresdan Santyagogacha bo’lgan masofada ham Darvin 
taksodont, mastodont, ot,
Patagoniyada esa 
karkidon, tapir, paleotyeriy 
kabi ilgari qirilib ketgan hayvonlar suyagining qoldiqlarini 
topdi. Bundan hayratlangan Darvin
«
Bitta qit’aning o‘zida ilgari yashab, qirilib ketgan va hozir 
yashayotgan hayvonlar o‘rtasida shu qadar ajablanarli o'xshashhk borligini yyer yuzasida organizmlar 
paydo bo’lishi va yo‘qolib ketishi haqidagi masalani qachonlardir, boshqa xildagi har qanday faktlarga 
nisbatan yaxshiroq yoritib berishga men shubha qilmayman
»
deydi.
Darvin Kordilera qoyalari bo‘ylab qilgan ekskursiyalarida tizmaning markaziy qismida — 2000m 
balandlikda araukariyalar oilasiga mansub 50 ga yaqin daraxtning toshga aylangan qoldigini topdi. Ular 
bir-biridan ancha uzoqda joylashgan bo‘lsa-da, bir guruhni tashkil etardi. Toshga aylangan daraxtlarga 
qarab, Darvin shu yyerlarda o‘tmishda sodir bo'lgan voqyealarni ko‘z oldiga keltirdi.
Hayvonlar geografik tarqalishining ba’zi o'ziga xos tomonlari ham safar davomida Darvinni 
ajablantirdi. U Shimoliy va Janubiy Amyerika hayvonlarini o'zaro taqqoslab, ular o'rtasida katta farq 
borligini qayd qildi. Chunonchi, Janubiy Amyerikada 
maymunlar, lama, tapir, yalqov, chumolixo'r, 
zirhli
kabi hayvonlar tarqalgan. Ular Shimoliy Amyerikada uchramaydi. Darvin bu masalaga tarixiy 
nuqtayi nazardan yondashdi. Uning fikricha, o'tmishda Amyerikaning ikkala qismi bir bo'lib, faunasi 
o'xshash bo'lgan, keyinchalik esa Meksikaning janubida quruqlik ko'tarilishi tufayh hayvonlarning bir 
qit’adan boshqa qit’aga o'tishi uchun to'siq hosil bo'lgan. 
Qadimgi hayvonlar qirilib ketgan. Oqibatda Shimoliy hamda Janubiy Amyerika faunasi o'rtasida 
hozirgi farq vujudga kelgan. Okeandagi orollar faunasi kreatsionizmga qarshi qaratilgan yorqin dalildir. 
Darvin Tinch Okeanning ekvator zonasida joylashgan va Janubiy Amyerikaning g'arbiy qirg'og'idan 900 
km uzoqda bo'lgan 

Download 7,63 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   251




Download 7,63 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bigl » kemasidagi safar va uning ahamiyati

Download 7,63 Mb.
Pdf ko'rish