O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat instituti




Download 7,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/251
Sana07.06.2024
Hajmi7,63 Mb.
#261339
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   251
Bog'liq
biologiya majmua

biotik va abiotik omillariga
bog'liq bo'ladi. Ko'p hollarda turga 
mansub organizmlar soni qoldirilgan nasl soniga nisbatan juda ozchilikni tashkil etadi. Chunki 
qoldirilgan naslning faqat oz qismi voyaga yetib, ko‘pchiligi individual rivojlanishning dastlabki 
davriarida nobud bo'ladi. Faqat oziq resurslari yetarli, dushmanlari kam bo'lgandagina ko‘p nasl 
qoldiruvchi turlariga mansub organizmlar qisqa vaqt ichida son jihatdan tez ko'paya oladi. Shira, tuban 
qisqichbaqasimonlar, chigirtkalar va boshqalarning ba’zi vaqtda juda ko'payib ketishi bunga yaqqol 
misol bo'ladi. Boshqa vaqtlarda esa ko'p tuxum qo'yadigan organizm turlari ko'plab qirilib ketadi. 
Odatda, tuxumi, embrioni va lichinkalari himoya qilish vositalariga ega turlari urchiganda kam tuxum 
qo'yadi, urug' qoldiradi. Qaysi tur organizmlari tez va ko'p qirilsa, ular shuncha tez tiklanadi. Umuman 
olganda, hayvonlarda ko'p tuxum, o'simliklarda ko'p urug' qoldirish muhim biologik moslanish bo'lib, 
u tarixiy jarayonda turni saqlashga qaratilgan moslanishlardan biri hisoblanadi. Shunday qilib, tabiatda 
har qanday organizmning hayoti boshqa organizmlarga, muhit sharoitiga bog'liqligi ko'zga tashknib 
turadi.
Organizmlarning muhitga bog'liqligi ikki xil ko'rinishdan iborat. Ulardan biri organizmlarning 
abiotik muhitning noqulay sharoitiga qarshi kurashi, ikkinchisi, bir organizmning boshqa organizm 
faoliyatiga bog'liqligidir. Organizmlar orasidagi hayot poygasi ham o'z navbatida ikki ko'rinishda
namoyon bo'ladi. Ular bir turga yoki har xil turga mansub organizmlar o'rtasida yuz beradigan hayot 
poygasidir. Bayon etilganlardan tashqari, organizmlar o'rtasidagi oshkora kurash ham tabiatda 
uchraydigan hodisalardan biridir. Bunday kurash ba’zan bir turga mansub, ba’zan har xil turga 
mansub organizmlar o'rtasida sodir bo'ladi.
Darvin o'z ta’limotida «yashash uchun kurash» organizmlarning haddan ziyod ko'payishi 
natijasidir, deb e’tirof qiladi. Agar har bir organizm qoldirgan naslning hammasi yashab qolgudek 
bo'lsa, u holda, har birining nasli tezda yyer yuzini qoplab olgan bo'lur edi. Darvin uqtirishicha, fil 
butun hayoti davomida atigi 6 ta bola tug'adi. Ularning normal rivojlanishga hech qanday to'siq yo'q, 
deb faraz qilsak, bir juft filning nasli 740—750 yildan so'ng 19 milliontaga yetishi mumkin. 

Download 7,63 Mb.
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   251




Download 7,63 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat instituti

Download 7,63 Mb.
Pdf ko'rish