tanlanishning harakatlantiruvchi turiga mansub. Chunonchi organizmlarda biror organning funksional
jihatdan
kerak boimasligi, tabiiy tanlanish natijasida uning reduksiyalanishiga sabab boladi.
Ba’zi bir qushlar, hasharotlar qanotining,
tuyoqlilarda yon barmoqlarning, g‘orlarda yashovchi
hayvonlarda ko‘zning, parazit o‘simliklarda ildiz va bargning yo‘qligi harakatlantiruvchi tanlanish
ta’siri natijasidir. Binobarin, muhit sharoitining asta-sekin o‘zgarishi tufayli
tabiiy tanlanishning bu
turi fenotip va genotip jihatdan yangi formalar hosil qiladi. U yangi turlarning paydo bo’lishi va
organik olamdagi evolyutsiya jarayonining asosiy sababchisi hisoblanadi.