O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat instituti




Download 7,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/251
Sana07.06.2024
Hajmi7,63 Mb.
#261339
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   251
Bog'liq
biologiya majmua

Stabillashtiruvchi tanlanish. 
Bu tanlanish populatsiyaning o‘zgaruvchanligini qisqartiradi va 
turg‘unligini oshiradi. Har bir populatsiyaning hayoti muhitga bogiiq. U yashab qolish uchun doim 
hayot sharoitiga moslanishi kerak. Populatsiya butun hayoti davomida tabiiy tanlanish ma’lum davrda 
hukmronlik qilgan tashqi muhitning kompleks sharoitiga moslashgan fenotipni vujudga keltirgan 
genotipni 
saqlay 
boradi. 
Agar 
bir 
necha 
bo‘gin 
mobaynida 
yashash 
sharoiti 
o‘zgarmasa, u holda populatsiya — yuqori moslanish darajasiga ega bo’ladi va tabiiy tanlanish genetik 
o'zgaruvchanlikni stabillashtirishga tomon yo‘naladi. Bunday sharoitda tanlanish to‘xtamaydi, balki 
davom 
etib, muhitga 
yaxshi 
moslashgan, o‘rtacha normaga 
ega formalar saqlanadi
normadan o‘zgargan organizmlar esa nobud bo’ladi. Tanlanishning bu formasini 
Shmalgauzen
stabillashtiruvchi tanlanish deb nomladi.
Fenotip tomondan keskin o‘zgargan formalarning halokatga uchrashi tabiiy populatsiyalarda bir 
necha bor kuzatilgan. Masalan, 
G. Bempes
tomonidan chumchuqlar ustida o’tkazilgan kuzatishni olish 
mumkin. U qattiq qor bo’ronidan so'ng yarim muzlagan, chalajon shahar chumchuqlarining 132 tasini 
daladan laboratoriyaga olib kelgan. Ulaming 72 tasi tirilgan. Bempes o’lik va tirik qolgan 
chumchuqlaming qanotini o’lchab ko‘rgan. Tirik qolgan chumchuqlar qanotining uzunligi o‘rtacha, 
nobud bo’lgan chumchuqlamiki esa uzun yoki kalta bo’lgan, binobarin, qanotlari 
o‘rtacha uzunlikda bo’lgan formalar bo'ron paytida tirik qolganligi, normadan o‘zgargan chumchuqlar 
nobud bo’lganligi aniqlangan. 
Hasharotlar yordamida changlanadigan o‘simliklar gulining yirik-maydaligi va shakli shamol 
yordamida 
changlanadigan 
o‘simliklar 
gulinikiga 
nisbatan 
anchagina 
turg‘un 
ekanligi ma’lum. Hasharotlar yordamida changlanadigan gullarning tuzilishidagi turg‘unlik o‘simliklar 
bilan ularni changlatuvchilarning birgalikdagi evolyutsiyasi va o‘zgargan formalarning qirilishi bilan 
bog’liq. Masalan, tukli ari tor gultojibarglar orasiga kira olmagani sababli, kapalak xartumchalari ham 
uzun gultojibargga va qisqa changdonlarga tega olmaydi. Bunday o‘zgargan o‘simlik formalari 
chetdan changlanmasdan nasl bera olmaydi.
Kem va Penrouz yangi tug’ilgan chaqaloqlarning o’limi protsenti ularning vazniga bog’liqligini 
aniqladilar. 
28 
kunlik 
chaqaloqlarning 
vazni 
o‘rtacha 
bo’lganlariga nisbatan 
og’ir 
yoki kam bo’lganlari ko‘proq nobud bolar ekan. Lekin ba’zi bir qushlarda ko‘payishi qo‘ygan tuxumi 
soniga bog’liq ekanligini aniqladi. Bunda u tabiiy tanlanish tufayli har bir qush uchun ma’lum 
miqdorda tuxum qo'yish mavjud, degan xulosaga asoslandi. Tashqi tomondan qaraganda, go‘yo qush 
qancha ko‘p tuxum qo‘ysa, u shunda ko‘p nasl qoldirishga moslashgandek bo’lib ko‘rinadi. Haqiqatda 
esa qush bolalarining soni bilan ota-ona keltirgan oziq o‘rtasida nomutanosib 
korrelatsiya
mavjud 
bo’lagi. Odatda, qush bolalari qancha ko‘p bo’lsa, ular kam oziq bilan ta’minlanadi. Keyinchalik esa 
tez-tez nobud bo’ladi. Chug‘urchuq uyasiga eng ko‘pi bilan 5 ta tuxum qo‘yadi. Agar 5 tadan ortiq 
qo'ysa, oziq yetishmasligi sababli uchish davrida bolalaming eng nimjonlari nobud bo’ladi. 
Yuqorida keltirilgan misollarda tabiiy tanlanish bosimi bir belgiga, masalan, yashab qolishga 
ijobiy ta’sir qilsa, boshqa belgi (tuxumlar soni) bilan nomutanosib muvozanatda bo’lishini ko‘rsatadi. 
Bunday hodisalar moslanish, hayotchanlik nasl qoldiruvchi organizmlar fenotipining hamma 
xususiyatlariga bog’liqligidan yana bir bor dalolat beradi. Individ fenotipi va genotipi, populatsiya va 
uning 
genofondi, 
bularning 
hammasi 
yuksak 
darajadagi 
murakkab 
sistemalar 
bo’lib, ularning har biri tabiiy tanlanish orqali ikkinchisiga moslashadi. 
Tabiiy tanlanish individ komponentlarining shunday muvozanatini vujudga keltiradiki, u 
populatsiyalarning aniq sharoitga moslanishiga safarbar etadi. Shunday mutanosib moslanish tufayli 
ayrim belgilar maksimum darajada namoyon boim ay, o'rtacha darajada rivojlanadi. Belgilari o ‘rtacha 
darajada yoki unga yaqin darajada bo’lgan individlarning saqlanishiga qaratilgan tanlanish 


stabillashtaruvchi tanlanish deyiladi. Bu tanlanish o‘rtacha normani saqlab, mustahkamlab o'zgargan 
formalarning nobud bo’lishi bilan xarakterlanadi. Stabillashtiruvchi tanlanish organizmlar 
rivojlanishini tashqi muhitda ro‘y beradigan tasodifiy o‘zgarishlardan saqlab, uni avtomatlashtirishi 
katta ahamiyatga ega. Stabillashtiruvchi tanlanish normani mutatsion jarayonning vayron qiluvchi 
ta’siridan saqlaydi. Bu tanlanishsiz tirik tabiatda turg‘unlik. 

Download 7,63 Mb.
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   251




Download 7,63 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat instituti

Download 7,63 Mb.
Pdf ko'rish