O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat instituti




Download 7,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/251
Sana07.06.2024
Hajmi7,63 Mb.
#261339
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   251
Bog'liq
biologiya majmua

vazifasini 
o’taydigan «go‘rkov» sifatida baholab keldilar. Bunday tasavvurga ko‘ra, tabiiy tanlanishda yangilik 
yaratilmaydi, balki populatsiyadagi mavjud o‘zgarishlar faqat taqsimlovchi omil hisoblanadi, 
xolos. Aslida esa tabiiy tanlanish evolyutsiya yo‘nalishini belgilaydi va tasodifiy hamda ko‘p sonli 
foydali o‘zgarishlami to‘play boradi. Tabiiy sharoit ta’siriga va tanlanish yo‘nalishiga qarab bir xil 
irsiy o‘zgaruvchanlik turli oqibatlaiga olib keladi. Shu jihatdan tabiiy tanlanishni haykaltarosh bilan 
qiyoslash mumkiri. Xuddi shaklsiz granit bo’lagidan ortiqchalarini tarashlab, ajoyib ijod qiluvchi 
haykaltarosh singari, tabiiy tanlanish ham turli xil o'zgarishlami to‘play borib noqulay, kam 
moslashgan organizmlarning nobud bo’lishi hisobiga moslashgan organizm turlarini vujudga keltiradi. 
Lekin tabiiy tanlanish ma’lum maqsadsiz yo‘naladi.
Tabiiy tanlanishning ijodiy rolini tushuntirish maqsadida yana bir o'xshatish keltiramiz. 
Alfavitdan teng miqdorda ko‘plab kesib olingan harflardan biz «TOY» so‘zini hosil qilmoqchi 
bo’laylik. Buning uchun ikkinchi va uchinchi harflarni tanlab olgudek bo’lsak, u holda hech qachon 
xohlagan so‘zni hosil qilib bo’lmaydi. Mabodo, qirqilgan harflardan T, O va Y harflarni qutiga 
joylashtirsak, u holda «TOY» so‘zining hosil boiish imkoniyati ortadi. Agar tanlangan uch 
harfdan ikkitasini (TO, TI, OY) juftlab, qutiga tashlasak, qolgan bitta harf alohida bo’lsa, unda ikkita 
harfdan iborat harflarning uchinchi yakka harf bilan qo‘shilish oqibatida TYO, OYT, TIT va nihoyat 
«TOY» so‘zi hosil bo’ladi. Binobarin, harf yasamagan boisak ham, ularning ma’noli birikishiga erisha 
oldik. Xuddi shunga o‘xshash, tabiiy tanlanish ta’sirida har xil genlar, belgilar u yoki bu organizmlarda 
mujassamlashishi mumkin. Qayd qílinganlardan, har bir gen o‘z-o‘zidan yakka holda tanlanmay
genotipda boshqa genlar bilan qo‘shilgan holda tanlanadi, degan xulosa chiqarish mumkin. Tabiiy 
tanlanishda doim organizm uchun foydali belgi-xossalarning ko’ami orta boradi. 
Darvin 
tomonidan 
keltirilgan 
Galapagos 
arxipelagida 
uchraydigan 
vyurkalarning 
tumshug’i, okean orollaridagi hasharotlarning qanoti yoki qayin odimchi kapalagining rangi, ot 
evolyutsiyasiga doir va shu singari ko‘p misollar tabiiy tanlanishning ijobiy rolini 
ko‘rsatuvchi dalillardir. Tabiiy tanlanish barcha moslanishlarning paydo bo’lishini, yangi formalar va 
turli taksonlar sistemasining kelib chiqishini belgilab beruvchi muhim va yagona yo‘nalishli omildir. 
Tabiiy tanlanish nazariyasi biologiyaning eng muhim nazariy umumlashtirishlaridan biri 
bo’lib qoladi. 

Download 7,63 Mb.
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   251




Download 7,63 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat instituti

Download 7,63 Mb.
Pdf ko'rish