|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat institutiBog'liq biologiya majmua«Tabiat dialektikasi»
asarida
Engels hayotga quyidagicha tarif bergan: «Hayot — oqsil jismlaming yashash usulidir, ulami
qurshagan tashqi tabiat bilan bo’ladigan to’xtovsiz moddalar almashinuvi bu usuling muhim
momentidir, zero mazkur almashinuv to’xtashi bilan hayot ham to'xtaydi, bu esa oqsilning buzilishiga
olib keladi».
Hayotga berilgan ikkinchi ta’rifda tirik tabiatning o’zini-o’zi yangilash jarayoniga e’tibor
berilgan. Hayot — oqsil jismlarning yashash usulidir. Bu yashash usuli esa o’z mohiyati bilan mazkur
jismlarning kimyoviy tarkibiy qisimlarining doimo o‘zini-o‘zi yangilab turishidan iborat».
Engels hayotga bergan ta’rifning uch tomonini ta’kidlab o‘tish kerak. Bular, birinchilari, o‘lik
tabiatdan farq qilib, hayot oqsil jismlar bilan uzviy bog'liq; ikkinchidan, hayot doimiy bo’lib turadigan
moddalar almashinuvi jarayoni, o'zinio'zi yangilash jarayoni bilan va nihoyat, uchinchidan, hayot oqsil
jismlar tashqi muhit bilan doimo aloqada, bog'liq ekanligidadir. Aks holda moddalar almashinuvi
to'xtab, oqsillar parchalanishi yuz beradi. Bu ta’rif XIX asrning ikkinchi yarmida berilgan edi.
Bu davr ichida biologiya fani yanada rivojlandi. Oqibatda hayot muammosi turli sohada
ishlayotgan olimlar diqqat e’tiborini tobora o'ziga torta boshladi.
Hayot va uning paydo bo'lishi to'g'risida fizik
Dj. Bernal
, ximik
M. Kalvin
, bioimik
G.
Steynman
,
M. Rutten
hamda organik kimyo sohasida ishlayotgan
M. Foks
va
K. Dozelarning
asariari bosilib chiqqanligi va bu masalaga bag'ishlab 1957-yili Moskvada, 1963-yih Uakulla —
Springs (Florida shtati) da va 1973-yih Ponta-Musson (Fransiya) xalqaro kongresslarda chaqirilganligi
yuqoridagi fikrni yana bir bor tasdiqlaydi. Fan sohasida olingan keyingi ma’lumotlarga ko'ra,
hujayrada oqsil o'z-o'zidan paydo bo'lmasligi, aksincha, uning sintezlanishi DNK molekulasidagi
nukleotidlar soniga va ular qay tartibda joylashganligiga bog'liq ekanligi ma’lum bo’ldi.
Engelsning hayotga bergan ta’rifi munozaraga sababchi bo'lmoqda. Bir qator biologlar
Engelsning hayotgabergan ta’rifi yangi fan dalillari zaminida ham o'z kuchini saqlab qoladi, ammo
bunda “oqsil jislar” degan iborani hozirgi zamon mazmunida tushunish lozim, deb uqtiradilar.
Ikkinchi guruh olimlar, xususan, matematiklar, bioximiklar genetiklar Engelsning hayot haqidagi
fikrlari hozirgi fan yutuqlariga mos kelmaydi, shunga ko‘ra, hayotga tamomila yangicha ta’rif berish
kerak, degan fikrni ilgari surdilar. Masalan,
|
| |