odamga ko'nikishi asta-sekin orta borgan. Tanlanish olib borilgan tulkilar dastlab dekabr-yanvar,
ikkinchi marta mart-aprelda urchigan. Vaholanki, tanlanish olib borilmagan tulkilar populatsiyasida
urchish faqat aprel oyida boshlangan. Binobarin, tanlangan tulkilar orasida bir yilda ikki marta
urchiydigan va odamdan hurkimaydigan, o‘z laqabi bilan chaqirganda tez keladigan formalar hosil
bo’lgan. Bundan tashqari, tulkilarda tullash muddati ham o‘zgargan. Tulkilar fe’l-atvorida yuz bergan
bunday o‘zgarishlar mashq natijasi bo’lmay, balki genotipning o‘zgarishi bilan uzviy bog’liq ekanligi
tajribalarda isbotlangan.
Ma’lumki, yuksak umurtqali hayvonlar, xususan, sutemizuvchilar ontogenezini boshqarishda
neyrogumoral sistema muhim ahamiyatga ega. Aniqlanishicha, destabillovchi tanlanish tufayli buyrak
usti bezi, jinsiy bezlardan ajralgan gormonlar ham o‘zgargan. Ular o‘z navbatida genlarning
biokimyoviy aktivligiga ta’sir etgan. Aytilganlarning barchasi tulkilarda bundaytanlanish oqibatida
tarixan tarkib topgan ontogenezning o‘zgarishiga sabab bo’lgan. Shunga ko‘ra u destabillovchi
tanlanish deb nomlangan. Tabiiy tanlanish dastlab populatsiya ichida ro‘y beradi va munosib
genotiplar tanlanishi orqali m aium natijalarga olib keladi.
Tabiiy sharoitda tanlanish ko‘pincha har xil yo‘nalishda boradi. Tanlanishning biror yo‘nalishi
uzoq muddat saqlangan taqdirda kichik hajmdagi o‘zgarishlar ham samarali bo’lishi mumkin.
Evolyutsion taiim ot muxoliflari tabiiy tanlanishni mexanik g‘alvir yoki eliminatsiya