O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat instituti




Download 7,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/251
Sana07.06.2024
Hajmi7,63 Mb.
#261339
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   251
Bog'liq
biologiya majmua

Yashash uchun kurash
ko‘rinishlarini Darvin uch turga ajratadi: turlararo,tur ichida va 
anorganik tashqi muhit sharoitlariga karshi kurash. 
Tur ichidagi yashash
uchun kurash populyasiya individlari orasida boradi. Kurashning 6u turi 
juda keskindir, chunki bir turga mansub individlar bir xil oziqlanadi va bir xil xavf xatarga duch 
keladi. Tur ichidagi raqobat munosabatlari o‘simliklar o‘rtasida ham kuzatiladi. SHox shabbasi keng 
quloch yozgan baland daraxatlar quyosh nuridan ko‘proq baxramand bo‘ladi. Baquvvat ildiz sistemasi 
yordamida suv va unda yerigan mineral moddalardan ko‘proq oziqlanib, yon atrofdagi kichikroq 
daraxtlarni siqib qo‘yadi. Baquvvat daraxtlar boshqa daraxtlarning o‘sishi va rivojlanishini to‘xtatib, 
ularni butunlay nobud qiladi. 
Turlararo yashash
uchun kurash har xil turga kiruvchi populyasiyalar o‘rtasida boradi. 
Masalan, yirtqich xayvon bilan uning o‘ljasi, o‘txo‘r xayvonlar bilan o‘simliklar, xashoratxo‘r qushlar 
bilan xashoratlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat . 
Organizmlarning anorganik tabiatning noqulay sharoitiga qarshi kurash
deganda, ularning 
abiotik muhitning turli qiyinchiliklariga (issiq-sovuq, suvsizlikka va b.) bardosh berib, yengib normal 
yashab qolishi tushuniladi. Tabiiy tanlanish va individlarning eliminatsiyalanishi jarayonida anorganik 
tabiatning shart sharoitlari juda katta rol o‘ynaydi. 
Darvin «yashash uchun kurash» iborasini keng, majoziy manoda ishlatadi va uning zaminida 
rivojlana-yotgan organism tashqi muhitning tabiiy omillariga va boshqa tirik mavjudotlarga bog'liq 
bo'lishini, shuningdek, individlarning o'zini nasl bilan ta’minlashdagi muvaffaqiyatini tushunadi. 
Organizmlarning muhitga qaramligi turli-tuman va ularning har biri aniq sharoitda yashash 
uchun kurash holida namoyon bo'ladi. Ba’zi hayvonlar (mayda yirtqichlar, qushlar, baliqlar, 
hasharotlar, mollyuskalar, qisqichbaqasimonlar) boshqa yirik hayvonlarga o'lja bo'ladi. Binobarin, 
ulardan har birining hayoti o'z dushmanlariga bog'liq. Ikkinchi tomondan, ularning hammasi oziq 
manbaiga ham qaramdir. Yirtqich hayvonlar (yirtqich sutemizuvchilar, hasharotxo'r va yirtqich 
qushlar, ko'pgina baliqlar, hasharotlar) soni ularni oziqlantiruvchi manbaga, ya’ni har xil yo'llar va 
vositalar bilan ta’qib qilinadigan g'animlarga, g'animlarning hayoti esa o'z navbatida ularni ta’qib 
qiluvchi dushmanlarga uzviy bog'liqdir. 


Ba’zi organizmlarning hayoti va soni ular tanasida hayot kechiruvchi ekto va endoparazitlar 
bilan aloqador, fitofaglar o'simliklar bilan oziqlanganligi uchun ularning hayoti o'simliklarga, 
o'simliklar esa ularni nobud qiluvchi hayvonlarga bog'liq. Avtotrof o'simliklar uchun tuproq, suv, havo 
fotosintez jarayonida zarur bo'lgan moddalaming asosiy manbai hisoblanadi. O'simliklar, o'z 
navbatida, tabiatni ana shu moddalar bilan boyitish manbaidir. Har qanday mavjudot o'zida harorat, 
namlik, havo va tuproqning tabiiy va kimyoviy xossalarining ta’sirini namoyon etadi, aniqroq 
aytganda, har bir organizm hayot uchun kurashadi.
Xilma-xil organizmlar o‘z hayot faoliyatida bir-biri bilan bog'liq, ya’ni har bir mavjudotning 
o'zidan keyin nasl qoldirish imkoniyati faqat anorganik sharoitga emas, balki ko'proq boshqa 
organizmlaming hayot faoliyatiga
 
ham bog'liq. 
Ko'pchilik mayda sutemizuvchilar va qushlar (sichqonsimon kemiruvchilar, oq kaklik)ning 
nobud bo'lishi faqat oziq zaxirasiga bog'liq emas, balki ulami ko'plab qiruvchi yirtqichlar (ukki, 
qarchig'ay, tulki va boshqalar)ga bog'liqdir. Vaqt-vaqti bilan sichqonsimon kemiruvchilar yoki 
hasharotlarning ayrim turlariga mansub organizmlar epizotiya bilan kasallanib ham ko'plab qirilib 
ketadi. 
Organizmlaming o'zaro bir-biriga bog'liqligi hamma vaqt ko'zga tashlanavyermaydi. Ko'pincha 
bu bog'lanishlarning bir tomoni, ya’ni organik mavjudotlarning anorganik sharoitga bog'liqligi 
namoyon bo'ladi, xolos. Lekin shu bilan birga organizmlarning boshqa muhim tomonlari ham bir-
biriga bog'liq. Masalan, qoqio't o'simligining atrofi boshqa o'simliklar bilan band bo'lganligi sababli 
uchma urug'I boshqa (bo'sh) yyerlarga tarqaladi. Qush, reptiliya, baliqlar tuxumining sariqligi, 
shuningdek, o'simliklar urug'idagi endospyerm murtak uchun oziq vazifasini bajaradi. 
Odatda, hayvonlar bilan o'simliklaming geografik tarqaish sabablarini iqlim sharoitiga 
bog'laydilar. Ba’zi hollarda haqiqatan ham shunday bo'ladi. Biroq ko'pincha turning o'rnini mazkur 
sharoitda hayot talablarini ma’lum muvaffaqiyat bilan qondira oladigan boshqa tur egallaydi. Masalan, 
o'tgan asrda Janubiy Amyerikaning La-Plato tekisliklari Yevropadan keltirilgan qushqo'nmas o'simligi 
bilan qoplandi. Oqibatda shu o'simlikning mahalliy turlari yashash uchun kurash tufayli siqib 
chiqarildi. Qayerda to'qnash kelishidan qat’i nazar, sariq suvarak yashash uchun kurashda doim qora 
suvarakni siqib chiqaradi. Avstraliyaga Yevropadan olib kelingan oddiy ari yashash uchun kurashda 
mahalliy arini tezda siqib chiqargani aniqlangan. Demak, har bir oryerda ko‘zga yaqqol tashlanadi. Bu 
bog‘lanish oshkora yoki yashirin bo'ladi. Organik mavjudotlar g'animlarga hujum qilishda, umuman, 
oziq topishda, dushmandan va noqulay sharoitdan himoyalanishda, yashash joyi, ko'payish, naslini 
yetishtirish uchun zarur sharoitni egallashda o'zaro raqobatda bo'ladilar. Binobarin, organizmlarning 
o'zaro bog'liqligi tirik tabiatdagi munosabatlar ichida eng zaruri hisoblanadi. Har bir turning 
haraktyerli belgilari, areali, tur soni, oziqlanishi, ko'payishi va eng asosiysi bir-biriga moslashishi 
organizmlar o'rtasidagi munosabatga bog'liq. Shunga ko'ra, organizmlar o'rtasida doim yashash uchun 
kurash boradi.
Yashash uchun kurash, ayniqsa, ehtiyoji o'xshash bo'lgan organizmlarda ko'zga yaqqol 
tashlanadi. Masalan, Janubiy Afrikada jirafalar baland akatsiya va boshqa daraxtlarning barglarini uzib 
olib yeyishga intiladi. Ba’zan bir xil hayot sharoitiga bog'liq bo'lgan ikki xil mavjudot o'rtasida ham 
yashash uchun kurash boradi. Kemiruvchilar va tuyoqlilar yoki hasharotlar va tuyoqlilar o'zaro yagona 
oziqlanish maydoniga ko'ra birbiriga bog'liq. Buning oqibatida bir guruh tomonidan muntazam 
ravishda o'simliklarning ko'plab iste’mol qilinishi o'z raqibining och qolishiga, bora-bora nobud 
bo'lishiga olib keladi.
Ko'p hollarda esa yashash uchun kurash uncha yaqqol ko'zga tashlanmaydi. Chunonchi, har yili 
minglab urug' hosil qiladigan va ulardan faqat bittasi pishib yetiladigan o'simlik haqida, u tuproqni 
qoplovchi o'ziga o'xshash va boshqa o'simliklarga qarshi kurashayotir, deb aytish qiyin. 
Yashash uchun kurashning 

Download 7,63 Mb.
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   251




Download 7,63 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat instituti

Download 7,63 Mb.
Pdf ko'rish