|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat institutiBog'liq biologiya majmuaTurlarning kelib chiqishi
» asari Darvin tomonidan bajarilgan juda katta mehnatning bir
ulushidir. Asarda bayon etilgan fikrlarning to’g’riligini isbotlash va rivojlantirish maqsadida Darvin
keyinchalik ham yana ko’p asarlar yozdi. Ulardan biri
1868
-yili nashr etilgan
«Xonakilashtirilgan
hayvonlarning va madaniy o'simliklarning o’zgaruvchanligi»
nomli asardir. Asarda tabiiy tanlanish
haqidagi nazariyani isbotlash maqsadida hayvon zotlari, o'simiik navlarini chiqarish tajribasi, ya’ni
sun’iy tanlash masalasi juda keng, puxta, ilmiy tarzda yoritildi.
1871
-yili Darvin
«
Odam paydo bo’lishi va jinsiy tanlanish»
degan asarini nashr ettirdi. Bu
kitobning ko’p sahifalari, antropolog
Ya. Ya. Roginskiy
uqtirishicha, Uolles maqolasidagi fikrlar
xususidagi munozara natijasi edi. Uolles 1864-yili nashr ettirgan maqolasida odam paydo bo’lishida
Darvin qarashlaridan keskin farq qilgan g'oyani ilgari surdi. Uning mulohazasiga ko'ra, odam
ajdodlaridagi o'zgarishlar tabiiy tanlanish yo’li bilan vujudga kelgan bo’lsa-da, biroq odam miyasi
aqliy qobiliyatlarining rivojlanishi bilan uning ta’siri to'xtaydi, chunki odamdagi tuyg'ular, ongli hayot
qobiliyati, axloqni tabiiy tanlanish yoki evolyutsion nazariya bilan tushuntirib bo’lmaydi. Darvin
yuqoridagi asarida Uolles fikrlarining noto‘g‘ri ekanligini uzil-kesil isbotlashni maqsad qilib qo‘ydi.
Asarning birinchi bobida odam hayvonot olamidan kelib chiqqanligini isbotlovchi qiyosiy anatomiya,
fiziologiya, embriologiya, sistematika, paleontologiya dalillari keltiriladi.
Asarning keyingi boblarida hayvonlar bilan o'simliklar turlarining paydo bo’lishida muhim ro’l
o'ynagan omillar —
0
‘zgaruvchanlik, irsiyat, tanlanish
odamning kelib chiqishida ham muhim rol
o'ynaganini ko'rsatib o'tiladi. Asarda odamning hayvonot olamida tutgan o'rni belgilab beriladi, Darvin
Ouen va Uolleslarning «odam o’z miyasining rivoj topishi va ruhiy holati bilan hayvonlardan tubdan
farq qiladi va shunga binoan uni hayvonlardan ajratish kerak» degan mulohazalarini tanqid qildi va
mazkur masalani ilmiy jihatdan hal etdi.
Darvin odam paydo bo’lishi masalasini biologiya fani nuqtayi nazaridan hal etgan bo’lsa-da, lekin
bunda sotsial omillar qanday rol o'ynaganini ochib bera olmadi.
Darvin asarining ikkinchi qismi jinsiy tanlanishga bag’ishlangan. U juda ko'p dalillar,
kuzatishlarni tahlil qilib, ikkinchi darajali jinsiy belgilarning paydo bo'lishini, hayvonlarda jinsiy
tanlanish qanday ro'yobga chiqqanligini atroflicha hal qildi. Bulardan tashqari, Darvin yana ko'pgina
asarlar yozdi va ularda evolyutsion nazariyaning ayrim muammolarini atroflicha yoritdi.
|
| |