ularning o'ziga xosligini ta’kidladi. Mazkur arxipelag 10 ta asosiy va bir necha kichik orollardan tashkil
topgan bo'lib, uning faunasi va florasi tuzilishiga ko'ra ko'p jihatdan Janubiy Amyerika faunasi va
florasiga o'xshash edi. Shu bilan bir qatorda orollardagi ko'p o'simliklar bilan hayvonlar turi
endemik
,
ya’ni boshqa joylarda uchramaydigan turlar hisoblanadi. Masalan, Chatem orolida Janubiy Amyerikaning
qirilib ketgan va hozirgi vaqtda uchraydigan 16 ta o'simlik turidan 12 tasi, Charlz orolidagi 29 ta o‘simlik
turidan 21tasi faqat shu orolda uchraydi. Har bir orolning o‘ziga xos hayvonlar turi ham mavjud, qayd
etilgan mulohazalar, ayniqsa,
fil toshbaqa, qorayaloq, vyuroklar
turlariga xosdir. Vyuroklar boshqa
xossalaridan tashqari, tumshug‘ining tuzilishi bilan ham bir-biridan farq qiladi. Ular orasida kichik va
katta tumshuqli formalar, ko‘pgina oraliq formalar uchraydi. Qizig'i shundaki, har xil orolda tumshug‘ i
turlicha tuzilgan vyuroklar tarqalgan. Darvin o‘zi ko'rgan hodisalami izohlab;
«
Mazkur arxipelagda
dastlab qushlar kam bo’lganligi sababli bir qush turi modifikatsiyaga uchrab, arxipelagning turli
orollariga tarqalgan, deb o'ylash mumkin
»
deb yozgan edi. Darvin Yashil Burun orollaridagi hayvonlarni
o‘rganib, ular Afrika qit’asi qirg'oqlarida uchraydigan hayvonlarga o'xshash bo'lsa ham, lekin ko'p
xossalari bilan ulardan farq qilishini qayd qiladi.
U o'z kuzatishlari natijasiga asoslanib, okean orollaridagi hayvonlar bilan o'simliklar yaqin
qit’adan tarqalgan, lekin tabiiy sharoit boshqacha bo'lganligi tufayli vaqt o'tishi bilan fauna va flora ham
o'zgargan va o'ziga xos xususiy xossalarga ega bo'la borgan, degan mulohazani o'rtaga tashlaydi. Albatta,
bu mulohaza kreatsionizmga tamomila qarama-qarshi bo'lib, turlarning o'zgarishi, ularning kelib chiqishi
bir-biriga bog'liq ekanligini ko'rsatadi.