|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat institutiBog'liq biologiya majmuaflyuidlar
»
(moddiy zarrachalar) kirib,
ularga organizm sifatini berishi zarur. Lamarkcha tabiatning rivojlanishi hamisha sodda tirik jismlaming
paydo bo'lishidan boshlangan. Binobarin, uning rivojlanish yo'li soddadan murakkabga, tubandan
yuksakka tomon brogan.
Tirik mavjudotlar tuzilishining murakkablik formasiga qarab, tabiatda maium bir bosqich —
pog'ona bor. Lamark uni
gradatsiya
deb atagan. Gradatsiya prinsipi umumiy biologik ahamiyatga ega
bo'lib, evolyutsiya jarayonining asosiy yo'nalishi hisoblanadi. Gradatsiya prinsipi, Lamark qayd
etishicha, sinflar va boshqa yirik taksonomik guruhlarni bir-biriga taqqoslaganda, ayniqsa, ko'zga
yaqqol tashlanadi. Yangi paydo bo'lgan har bir sinf rivojlanishdagi yangi bir qadam bo'lib, ilgarigi
sinfga nisbatan ancha yuksak yangi tuzilishdan iborat. Sinfdan kichik takson (turkum, oila, avlod, tur)
larda gradatsiyani aniqlash mumkin emas. Tashqi muhit ta’sirida sinf ichida gradatsiya buziladi.
Tashqi muhit organizmlarga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
Ta’sirlanish va harakatlanish organizmlarning muhitga bo'lgan munosabatini aniqlashda asosiy
o‘rin egallaydi. Lamark muhit ta’siriga javob reaksiyasiga qarab, barcha organizmlarni 3 guruhga
bo‘lgan.
Birinchi guruhga
o‘simliklar kiritilib, ular ta’sirlanish va harakatlanish xususiyatiga ega emasligi
qayd etiladi.
Ikkinchi guruhga
tashqi ta’sir natijasida harakatlanuvchi, lekin o‘z xohishi bilan
harakatlana olmaydigan sodda hayvonlar (infuzoriyalar, poliplar, nurlilar va chuvalchanglar) ni kiritadi.
Uchinchi guruhga
nerv sistemasi yuksak darajada tuzilgan, takomillashgan sezuv organlari bo‘lgan va
o‘z xohishi hamda tashqi muhit ta’sirida harakatlana oladigan barcha boshqa hayvonlarni kiritadi.
Tashqi muhit organizmlarga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Tashqi muhit
0
‘simliklar va tuban hayvonlarga bevosita ta ’sir ko‘rsatganda undagi har qanday
o‘zgarish o'simlik qismlarining rivojlanishiga kuchli ta’sir etishi, ba’zi qismlarining hosil bo'lishiga,
boshqalarining kuchsizianib, hatto yo'qolib ketishiga sabab bo'ladi. Masalan,
suv ayiqtovonining
suv
ichidagi barglari qirqilgan qaychibarg shaklida bo'lib, tola — ipsimon; suv yuzasidagi barglari esa enli,
shapaloq-shapaloq va panjasimondir. Bu o'simlik nam yerda o'ssa, poyasi qisqa va barglari qirqilmagan
bo'ladi, shakli ipsimon bo'lmaydi. Uni botaniklar boshqa tur —sifatida ta ’riflaydilar.
Nerv sistemasi takomillashmagan tuban hayvonlarga ham tashqi muhit bevosita ta’sir ko'rsatadi.
Nerv sistemasi takomillashgan hayvonlar esa muhitning o'zgarishidan bilvosita ta ’sirianadi.
|
| |