|
Lamark ta’limotida tabiiy sistema va tur masalasiBog'liq biologiya majmuaLamark ta’limotida tabiiy sistema va tur masalasi.
Lamarkning asosiy maqsadi tabiat
hodisalarini o'zaro bog'liq holda, ya’ni ularning haqiqiy tabiiy munosabatlarni o'rganishdan iborat bo'lgan.
Sun’iy ravishda tuzilgan sistemalar esa tabiatni o'rganishga salbiy ta’sir ko'rsatgan, xolos. Tabiatdagi
haqiqiy tartibni kashf etish deganda, Lamark organizmlar qon-qarindoshligini ifodalovchi genetik
munosabatni, genealogik klassiflkatsiyani tushunadi. Organizmlar orasidagi genetik munosabat qancha
uzoq bo'lsa, ular o'rtasidagi umumiylik ham shuncha kam bo'ladi. Organizmlar tashqi tomondan ko'p
yoki oz o'xshashligiga qarab turlar, avlodlar, turkumlar, sinflarga birlashtiriladi. Bunday usulda
guruhlash, albatta, organizmlarni o'rganish bilan bog'liq bo'lsa-da, tabiiy holatni aks ettirmaydi, shu
sababli ham bu tarzda guruhlash sun’iy va shartli hisoblanadi. Lamark fikricha, sinf, turkum, avlod, tur
kabi sistematik kategoriyalar sun’iy, real emas. Tabiatda faqat individlar — shaxslar real xolos.
Lamark hayvonot olamidagi tabiiy tartibni aniqlashni, o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan va shu
sababli organizmlarning qon-qarindoshligiga asoslangan
genealogik klassiflkatsiyani
ilgari surgan. Agar
tabiatda turli sinflar, turkumlar, oilalar o‘rtasida keskin chegara bo‘lmasa, tabiiyki, hamisha tur orasida
ham chegarani topish qiyin. Shunga ko'ra, ba’zan tabiatshunos olimlar bir-biriga yaqin turlar chegarasini
aniqlashda qiyinchilikka duch keladilar. Masalan,
lishayniklar
,
ituzum, geran, tungi kapalaklar, pashsha,
kuya, yaydoqchilar, uzuntumshuqlilarning
bir-biriga yaqin turlari o'rtasiga keskin chegara qo'yib
bo’lmaydi. Bu qiyinchilik muayyan turlarga kiradigan individlar o'zgarishidan, turlar, tur xillari o'rtasida
oraliq formalar bo'lishidan, turlar doimiy harakatda va rivojlanishda ekanligidan dalolat beradi. Turlar
o'zgarganligi sababli tabiatda faqat ko'z ilg'amaydigan oraliq formalarga ega qator individlar mavjud.
Turlar orasida ba’zan uzilish bo'lishini Lamark to'plangan matyeriallarning kamligi bilan izohlaydi.
Tur xillari, kenja turlarning mavjudligi ham turlaming doimiy emasligidan, ularning
o'zgaruvchanligidan dalolat beradi. Lamark fikriga ko'ra, tabiatda turlar juda sekinlik bilan o'zgaradi. Shu
sababli ham uni kuzatish qiyin, inson turlarning o'zgarish jarayonini emas, balki natijasini biladi, xolos.
Lamark turlarning o'zgarmasligi haqidagi fikr noto'g'riligini isbotlash maqsadida inson umri juda qisqa,
turlarning o'zgarishi esa uzoq muddatli jarayon, deb uqtiradi.
Turlar o'zgarishida vaqt asosiy omil sifatida muhim ahamiyatga ega. Lamark turlar doimiy, ular
orasida keskin chegara bor, degan kreatsionistik tushunchaning noto'g'riligini isbotlashni asosiy maqsad
qilib qo'ygan bo'lsada, lekin bu muammoni hal etishda metafizik qarashlardan to'liq uzoqlasha olmadi. U
tabiatda haqiqatan ham turlar o'rtasida real chegara borligini tushuntirish o'rniga bunday reallikni inkor
etdi. Uning fikricha, tabiatda individlar nobud bo'ladi, lekin turlaming tabiiy o'limi yuz bermaydi. Ular
muhit sharoitiga muvofiq o'zgaradi, xolos.
Lamark turlarning o'zgaruvchanligini qayd etish bilan birga, bu o'zgarishning sabablarini, evolyutsiya
jarayonini harakatlantiruvchi kuchlarni tushuntirishga intildi. U organizmlarni sinflash ustida ishlar
ekan, tuzilishiga qarab ularni tartib bilan joylashtirish mumkinligini aytgan. Lamark fikricha, barcha
o'simliklar bilan hayvonlar azaldan doimiy bo'lmagan, balki maium vaqtda rivojlangan. Hayot
matyeriyaning muayyan bir tashkiliy va haraktyeridan kelib chiqqan xossadan iborat. Birinchi sodda
organizmlar tiriklikka xos xususiyatlarga ega bo'lmagan. Birlamchi organizmlar hayotiy xususiyatlarga
ega bo'lishi uchun ular tanasiga tashqi muhitda keng tarqalgan
«
|
| |