pallalilar, qolganlari esa ikki pallalilar sinfiga mansub. Sabzi soyabonguldoshlar, qoraqat
qoraqatdoshlar, sholi, qamish boshoqdoshiar oilasining vakillaridir.
Linney o'zi tuzgan sistema sun’iy ekanligini yaxshi tushunar edi. Shu
sababli u tabiiy sistema
tuzishga urindi. Oqibatda barcha o'simliklarni
67
ta tartibga ajratdi. Lekin bunda ularning keskin farq
qiladigan belgilariga asoslanmaganligi sababli amalda sun’iy sistemani afzal ko'rdi va u faqat tabiiy
sistema
tuzilguncha xizmat qilishini, sun’iy sistema o'simliklarni tanib olishga, tabiiy sistema esa
o'simliklarning tabiatini bilishga o'rgatishini qayd qildi. Linney hayvonlarni ham sistemaga soldi. Bunda
ularning qon aylanish va nafas olish sistemasini asos qilib oldi. Uning sistemasida barcha hayvonlar 6
sinfga bo'hndi.
Ular sut emizuvchilar, qushlar, amfibiyalar (sudralib yuruvchilar, suvda ham quruqda
yashovchilar),
baliqlar, hasharotlar hamda chuvalchanglar sinfi edi. Hozirgi zamon sistemasidan farq
qilib, hayvonlarni klassifikatsiyalashda Linney oddiydan murakkabga qarab emas,
balki murakkabdan
oddiyga tomon borgan. Aslini olganda, bu sistema antik dunyo olimi Aristotel sistemasidan farq
qilmagan.
Linneyning umurtqali hayvonlar sistemasi to ‘g‘risidagi fikrlari nisbatan to‘g‘ri bo‘lsa-da, umurtqasiz
hayvonlarda uning sun’iyligi ko‘zga yaqqol tashlanib qoldi. Umurtqasiz hayvonlarning hasharotlardan
tashqari barcha vakillari chuvalchanglar sinfiga kiritilishi bunga yaqqol misoldir.
Hayvonlar
sistemasining sun'iyligi umurtqali hayvonlar sinfiari ichidagi kategoriyalarda ham namoyon bo‘ldi.
Biroq Linney sistemasida ko‘p hayvonlar to‘g‘ri joylashtirilgan. Chunonchi, uning sut emizuvchilar,
qushlar, baliqlar to‘g‘risidagi sistemasi hanuzgacha o‘z qimmatini yo‘qotgani yo‘q. Ko‘p
turkumlari
ham kelib chiqishiga ko'ra qarindosh bo’lgan hayvonlarni o'zida mujassamlashtirgan.
Kemiruvchilar turkumiga
olmaxon
,
jayra
, sutemizuvchilarga
kashalot, kit, delfinlarning
kiritilishi
aytib o’tilgan fikrga yaqqol misoldir.