• Lyayel va Gukyerlar
  • Alfred Uolles
  • Darvinning yirik asarlari va ularning qisqacha mazmuni




    Download 7,63 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet27/251
    Sana07.06.2024
    Hajmi7,63 Mb.
    #261339
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   251
    Bog'liq
    biologiya majmua

     
    Darvinning yirik asarlari va ularning qisqacha mazmuni. 
     
    Darvin Angliyaga qaytgach, xonaki 
    va tabiiy sharoitdagi 
    hayvon, o'simliklarning 
    o'zgaruvchanligiga doir ma’lumotlarni ko'plab yig'a boshladi va 1837-yilning iyo’l oyida yon daftariga 
    evolyutsiya bo'yicha dastlabki mulohazalarni yozdi. Shu vaqtdan boshlab, 20 yildan ortiqroq vaqt 
    mobaynida u evolyutsiya g'oyasini rivojlantirishga qaratilgan ma’lumotlar, dalillarni to‘play boshladi va 
    ularni puxta o‘rgandi.
    Evolyutsion nazariyaning birinchi xomaki nusxasi 1839-yili tayyor bo’ldi. Turlar kelib chiqishi 
    nazariyasining asosiy qoidalari esa 1842-yili yozilgan qisqacha ochyerkida o‘z ifodasini topdi. 1844-
    yilga kelib, turlarning paydo bo’lishi to‘g‘risidagi ochyerk oxiriga yetkazildi. Bu davrda sun’iy va tabiiy 
    tanlanishning ijodiy roli Darvin e’tiborini tobora ko‘proq o‘ziga jalb etdi. 
    Darvin turlarning o‘zgarishi haqidagi nazariya juda muhim ilmiy kashfiyot bo’lib, fanda katta 
    qadam ekanligini yaxshi tushungan holda uni har tomonlama asoslashga harakat qilganligi uchun ham 
    matbuotda e’lon qihshga shoshilmadi. 17 yil davomida yangi nazariyaning qisqacha mazmunidan faqat 
    Darvinga juda yaqin olimlar — 
    Lyayel 
    va
     Gukyerlar
    xabardor edilar, xolos. 
    1856-yili Lyayel Darvinga organik olamning tarixiy rivojlanishi haqidagi qarashlarini kengroq 
    bayon etishni maslahat qildi. Shundan keyin u nashr etilgan 
    «Turlarning kelib chiqishi»
    asariga 
    qaraganda 4 marta katta hajmli asar yozishga kirishdi. Lekin asarning yarmini yozib bo’lgach,
    olimning ilgari o’ylagan fikrlari tamomila o'zgardi. Gap shundaki, Malayya arxipelagida ish olib 
    borayotgan taniqli tadqiqotchi, zoolog 
    Alfred Uolles
    1858-yil 18-iyunda Darvinga xat va kichik maqola 
    yubordi. Darvin Uolles yuborgan maqolaning mazmuni bilan tanishgach, u bilan 
    0
    ‘zining g‘oyasi va 
    fikrlarida hayron qolarlik darajada o'xshashlik borligiga ajablandi. Shunga qaramasdan, u Uollesning 
    maqolasini jurnalda e’lon qilmoqchi va uni evolyutsion ta’limotning birinchi muallifi deb e’tirof 
    etmoqchi bo’ldi. Lekin Darvin evolyutsion ta’limot ustida 20 yildan buyon tinmay ishlayotganligidan va 
    juda ko‘p faktik matyeriallarga ega ekanligidan xabardor bo’lgan 

    Download 7,63 Mb.
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   251




    Download 7,63 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Darvinning yirik asarlari va ularning qisqacha mazmuni

    Download 7,63 Mb.
    Pdf ko'rish