• 5. Hujayra nazariyasining yaratilishi.Tiriklikning tuzilish darajalari
  •  Biologiyaning zamonaviy muammolari




    Download 7,63 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet15/251
    Sana07.06.2024
    Hajmi7,63 Mb.
    #261339
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   251
    Bog'liq
    biologiya majmua

    4. Biologiyaning zamonaviy muammolari
    Biologiyaning tabiiy fanlar va kishilik jamiyatining rivojlanishiga revolyutsion taʼsir 
    koʻrsatadigan muammolari molekulyar biologiya, genetika fanlari muskullar, nerv sistemasi va sezgi 
    organlari fiziologiyasi va biokimyosi (tafakkur, qoʻzgʻalish, tormozlanish va boshqalar), fotova 
    xemosintez, tabiiy sistemalar energetikasi va mahsuldorligi bilan bogʻliq. Molekulyar biologiya 
    sohasi hujayra ichida boradigan fizik-kimyoviy jarayonlar va tirik sistemalar nisbiy turgʻunligining 
    boshqarilishi, ayniqsa genlarning ishga tushirilishi mexanizmini oʻrganish ham biologiyaning 
    markaziy muammolaridan biri hisoblanadi. Organizmni individual rivojlanishi davomida hujayra-
    larning ixtisoslashib borishi va toʻqimalarning hosil boʻlishi, Yerda hayot paydo boʻlishining 
    dastlabki davrlarida tirik organizmlarga xos murakkab polimyerlarning tabiiy sintezlanishi va ulardan 
    oʻz-oʻzini yarata oladigan tirik sistemalar paydo boʻlishini oʻrganish ham muhim masalalardan 
    hisoblanadi. Yer yuzida aholi sonining tez surʼatlar bilan oʻsib borishi biologiya oldiga biosferaning 
    mahsuldorligini oshirish, yashash muhitini ifloslanishdan saqlash, oʻsimlik va hayvonlarni muhofaza 
    qilish va ratsional foydalanishdan iborat juda koʻp muammolarni qoʻyadi. Biosfera va ekologik 
    sistemalarni qayta qurish va ulardan foydalanish ishlari oʻsimlik, hayvonlar va mikroorganizmlarni 
    Yyerning hamma qismida inventarizatsiya qilishni nazarda tutadi. Biologiya sohasidagi ilmiy 
    tadqiqot ishlari Xalqaro biologik dastur yordamida koordinatsiya qilib boriladi. 


    5. Hujayra nazariyasining yaratilishi.Tiriklikning tuzilish darajalari 
     
    XIX asrning birinchi yarmida organik olamning birligini isbotlovchi kashfiyotlardan yana biri 
    hujayra nazariyasining yaratilishidir. Hujayra nazariyasining mualliflari 

    Download 7,63 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   251




    Download 7,63 Mb.
    Pdf ko'rish