|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat institutiBog'liq biologiya majmuaE.J.
Sentllyer
hayvonlar tuzilishidagi umumiylikni tushuntirishga urinib, tuzilishdagi oʻxshashlik
ularning kelib chiqishidagi oʻxshashlikni aks ettirishini taʼkidlaydi.
T. Shvann
tomonidan
asoslab berilgan
hujayra nazariyasi
(1839) organik dunyoning birligini tushunib olishda hamda
sitologik va gistologik tekshirishlarning rivojlanishida katta ahamiyatga ega boʻldi.
XIX-asrning oʻrtalarida oʻsimliklarning oziqlanish xususiyati va uning hayvonlarnikidan farq
qilishi hamda tabiatda moddalar aylanishi prinsiplari kashf etiladi (Yu. Libix, J. B. Bussengo).
Hayvonlar fiziologiyasi sohasida
E. Dyubua Reymon
ning ishlari tufayli elektrofiziologiyaga asos
solinishi,
K. Bernyer
tomonidan organlarning ovqat hazm qilishdagi ahamiyati tushuntirib berilishi
(1845,1847);
G. Gelmgols
va
K. Lyudvig
tomonidan nerv-muskul sistemasi va sezgi organlarini
oʻrganish metodlari ishlab chiqilishi;
I. M. Sechenovning
oliy nerv faoliyatini matyerialistik nuqtai
nazardan talqin qilishi ("Bosh miya reflekslari", 1863) katta ahamiyatga ega boʻldi.
L. Pastyer
olib
borgan tadqiqotlar tufayli hozirgi organizmlarning oʻz-oʻzidan paydo boʻlishi toʻgʻrisidagi taʼlimotga
uzilkesil zarba berildi (1860—64).
S. N. Vinogradskiy
xemosintez yoʻli bilan anorganik modda-
lardan organik moddalarni sintezlovchi xemosintez bakteriyalarini (1887— 91),
D. I. Ivanovskiy
viruslarni (1892) kashf etdi.
XIX-asrda
Ch. Darvin
tomonidan evolyutsiya nazariyasining ishlab chiqilishi Biologiyaning
rivojlanishi tarixida ayniqsa katta ahamiyatga ega. Uning
"Turlarning paydo boʻlishi..."
(1859)
asarida evolyutsiyaning asosiy mexanizmi—tabiiy tanlanish ochib beriladi. Biologiyada Darvin
gʻoyalarining gʻalabasi bilan
evolyutsion solishtirma anatomiya
(K. Gegenbaur),
evolyutsion
embriologiya
(A. O. Kovalevskiy, I. I. Mechnikov),
evolyutsion paleontologiya
(V. O. Kovalevskiy)
kabi yangi yoʻnalishlarga asos solindi.
Hujayraning boʻlinishi (E. Strasburgyer, 1875; V. Flemming, 1882 va boshqalar), jinsiy
hujayralarning yetilishi, urug’lanishi (O. Gyertvig, 1875; G. Fol 1877; E. van Beneden, 1884; T.
Bovyeri, 1887, 1888) hamda u bilan bog’lik boʻlgan mitoz va meyozda xromosomalarning
taqsimlanishini oʻrganish sohasida yerishilgan muvaffaqiyatlar jinsiy hujayralar yadrosida irsiy
axborotning saqlanishi toʻgʻrisida koʻplab gʻoyalarning paydo bulishiga olib keldi. Ana shu davrda
(1865)
|
| |