olov, suv va tuprokdan yaratilgan deb eʼtirof etadi. U oʻzining "Hindiston" asarida tabiatni daraxtdagi
eng baquvvat va sogʻlom novdalarining oʻsishiga imkon beradigan bogʻbonga oʻxshatadi. Bu bilan u
tirik organizmlar oʻrtasida yashash uchun kurash borishi va tabiiy tanlanish sodir boʻlishini bashorat
kiladi.
Ibn Sino
oʻz asarlarida oʻsimlik va hayvonlar hamda boshqa tabiiy jismlar,
hodisalar va
ularning sabablari toʻgʻrisida yozib qoldirgan.
Uygʻonish davridagi geografik kashfiyotlar, oʻsimlik va hayvonot
dunyosiga qiziqishning
kuchayishi bir qancha mamlakatlarda botanika va hayvonot bogʻlarining tashkil etilishiga olib keladi.
Bu davrda hayvonlar va oʻsimliklar toʻgʻrisida koʻplab asarlar paydo boʻladi. Ana shu davrda
italiyalik
botanik
A. Chezalpino
guli, urugʻi va mevasining tuzilishiga binoan oʻsimliklarni
tasnif
qilishga urinib koʻrdi, uning asarlarida
metamorfoz
,
tartib
va
tur
toʻgʻrisidagi ayrim tushunchalar ilk
bor uchraydi.
XVI—XVII-asrlarda hayvonlar toʻgʻrisida bir qancha ensiklopedik asarlar paydo boʻladi.
Shveysariyalik olim