• R. Broun osimliklar hujayrasida yadro borligini eion qildi. Nemis fiziologi L Myuller
  • Shvann va Shleyden hujayra nazariyasini yaratdilar. Shleyden “Fitogenezis togrisida ma’lumotlar”
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat instituti




    Download 7,63 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet16/251
    Sana07.06.2024
    Hajmi7,63 Mb.
    #261339
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   251
    Bog'liq
    biologiya majmua

    Shvann
    va 
    Shleyden
    bo'lsalarda, lekin uning yaratilishiga tayyorgarlik fan tarixida anchagina oldin boshlangan edi. Bu 
    tayyorgarlik davrida 
    Volf
    ishlari nihoyatda katta ahamiyatga ega bo'ldi. U o'simlik, kurtak, barg, 
    ildizlarni mikroskopda tekshirib, ular bir xil donachalar — «pufakcha» lar yoki hujayralardan iborat 
    ekanligini qayd qilgan edi. 
    Hujayraning tuzilishini aniqlashda chex tabiatshunosi 
    Ya.Purkine
    ishlari ham diqqatga 
    sazovordir. U takomillashtirilgan mikroskopda har xil to'qimalar, hujayralarning noziktuzilishini 
    0
    ‘rgandi. Tovuq tuxumini tekshirib, sariqlik yuzasida kichik pufakcha borligini aniqladi va uni 
    murtak «pufakchasi» deb atadi. Binobarin, 1825-yilda tovuq tuxumi hujayrasining yadrosi kashf 
    etildi. Lekin Purkine o’z kuzatishlariga yetarli ahamiyat bermadi. Shunga ko’ra, hujayra yadrosining 
    kashf etilishi fan tarixida Broun nomi bilan bog’liqdir. Chunki 1831-yili 
    R. Broun
    o'simliklar 
    hujayrasida yadro borligini eion qildi. Nemis fiziologi 
    L Myuller
    esa hayvonlar to'qimasida 
    uchraydigan xilma-xil hujayralarni tasvirladi va ular o'simliklar hujayrasiga o'xshashligini aniqladi. 
    Nihoyat, 1838—1839-yillarda nemis olimlari 
    Shvann
    va 
    Shleyden
    hujayra nazariyasini 
    yaratdilar. Shleyden 
    “Fitogenezis to'g'risida ma’lumotlar”
    degan asarida organizmning rivojlanishi 
    uchun hujayra nihoyatda katta ahamiyatga ega ekanligini bayon etdi. Bir yildan so'ng Shvann 
    “O'simliklar bilan hayvonlarning tuzilishi hamda o'sishidagi farq to'g'risida mikroskopik tadqiqotlar” 
    degan klassik asarini e’lon qildi. U organizmlarning hujayraviy tuzilishi umumiy bo'lib, o'simliklar 
    ham, hayvonlar ham hujayralardan tuzilganligini ta’kidladi. 
    Shleyden va Shvann hujayra strukturasi tirik moddadan hosil bo'ladi, degan fikrni ilgari 
    surdilar. Nemis tabiatshunosi 
    R. Virxov
    (1821 — 1902) bu fikrni tanqid qildi va hujayra bo'linish 
    yo'li bilan ko'payadi, deb ta’kidladi. U o'sha davrda hukmronlik qilgan, hujayra faoliyatida qobiq 
    muhim rol o'ynaydi, degan fikrga e’tiroz bildirib, protoplazma katta ahamiyatga ega ekanligini qayd 
    qildi. 
    XIX asrning 40-yillariga kelib, hujayraviy tuzilishga doir ko'pgina tadqiqotlar olib borildi. Bu 
    tadqiqotlar organism alohida-alohida bo'lgan individum — hujayralar yig'indisidan iborat, degan 
    noto'g'ri tushuncha paydo bo'lishiga olib keldi. Shunday yuzaki va mexanik tasavvur etish, ayniqsa, 
    nemis olimi 
    Virxov
    faoliyatiga mansubdir. Barcha tirik organizmlarning hujayralardan tuzilganligi 
    organik olamning xilma-xil vakillari tuzilishiga ko'ra bir-biriga o'xshash, binobarin, umumiy 
    ekanligini isbotladi va bu evolyutsion ta’limot uchun ishonchli dalil bo’lib xizmat qildi.

    Download 7,63 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   251




    Download 7,63 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat instituti

    Download 7,63 Mb.
    Pdf ko'rish