• O. Eyvyeri, 1944y.). DNK qo’sh spirali tuzilishining oʻrganilishi ( J. Uotson, F. Krik
  • Elektron mikroskopning
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat instituti




    Download 7,63 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet13/251
    Sana07.06.2024
    Hajmi7,63 Mb.
    #261339
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   251
    Bog'liq
    biologiya majmua

    G. Mendel
    tomonidan irsiylanish qonuniyatlari ochilishi bilan genetika faniga asos solindi. 


    XX-asr yangi biologiya fanlarining rivojlanishi, biologiyada klassik tadqiqotlar miqyosining 
    yanada kengayishi bilan ajralib turadi. Shu asrda genetika, sitologiya, fiziologiya, biokimyo, 
    rivojlanish biologiyasi, evolyutsion taʼlimot, ekologiya, biosfera haqida taʼlimot, shuningdek 
    mikrobiologiya, virusologiya, gelmintologiya, parazitologiya va biologiyaning boshqa koʻp 
    tarmoqlari jadal surʼatlar bilan rivojlandi. Mendel ochgan qonunlar asosida mutatsiya va irsiyatning 
    xromosoma nazariyalari ishlab chiqildi (T. Bovyeri, 190207; U. Setton, 1902). Xromosoma 
    nazariyasini 
    T. Morgan
    va shogirdlari V. Iogansenning sof liniya toʻgʻrisidagi taʼlimotiga (1903) 
    asoslanib gen, genotip, fenotip tushunchalarini ishlab chiqishdi.
    XX-asrning oʻrtalarigacha genlarning kimyoviy tabiati irsiy molekulalar shaklida ekanligi 
    nazariy jihatdan talqin qilinib kelindi (N. K. Kolsov, 1927). Mikroorganizmlardagi transduksiya va 
    transformatsiya hodisalarini oʻrganish asosida DNK molekulasi genetik informatsiyani tashuvchi 
    ekanligi aniqlandi (
    O. Eyvyeri,
    1944y.). DNK qo’sh spirali tuzilishining oʻrganilishi (
    J. Uotson, F. 
    Krik
    , 1953) genetik kodning kashf etilishiga olib keldi. Bu kashfiyotlar 
    molekulyar genetikaga
    asos 
    soddi. Oqsillarning aminokislotalardan iborat tarkibi oʻrganilganligi, ayrim oqsillar (insulin)ning 
    sintez qilinishi, viruslar va faglarning nukleoproteid-lardan tuzilganligining koʻrsatib berilishi 20-asr 
    oʻrtalarida qilingan eng muhim kashfiyotlardandir. 
    Elektron mikroskopning
    kashf etilishi oddiy 
    mikroskopda koʻrinmaydigan strukturalarni koʻrishga, hujayraning eng nozik tuzilishini tekshirishga, 
    bakteriyalar va viruslarning tuzilishini batafsil oʻrganishga imkon berdi.
    Nishonli atomlar usuli organizmda sodir boʻladigan jarayonlarni oʻrganish uchun yoʻl ochdi. 
    Gistologik kimyo diffyerensial sentrifugalash, rentgenostruktura analizi usullari tirik organizmlar 
    kimyoviy tarkibi, hujayra organoidlari va qismlarini mukammal tekshirish usullarini koʻrsatib berdi. 
    Ana shu kashfiyotlar tufayli 20-asrning 2-yarmida biologiyaning eng yosh sohasi — molekulyar 
    biologiya dunyoga keldi va tez surʼatlar bilan rivojlana boshladi. Molekulyar biologiya sohasidagi 
    tadqiqotlar biologiya fanining barcha sohalarida yangi gʻoyalar paydo boʻlishiga olib keldi; 
    hujayraning tuzilishi va funksiyasi haqidagi tushunchalarni tubdan oʻzgartirib yubordi.
    XX asrda hayvonlar fiziologiyasi sohasida ham katta yutuqlarga yerishildi. Rus olimi 

    Download 7,63 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   251




    Download 7,63 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat instituti

    Download 7,63 Mb.
    Pdf ko'rish