ehtiyojini toʻlaroq qondirish, qirilib ketayotgan turlarni muhofaza qilish va tirik organizmlarning
biologik xilmaxilligini saqlab qolish kabi muammolarni muvaffaqiyatli yechishga imkon beradi.
Oʻzbekistonda 20-asrning 1-yarmida olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari asosan oʻsimlik va
hayvonot dunyosi resurslarini oʻrganish va ulardan samarali foydalanish
hamda atrof muhitni
muhofaza qilish bilan bogʻliq. Botanika sohasida yaylovlarning fitomeliorativ holatini yaxshilash,
texnika ekinlari va suv oʻtlarini oʻstirish usullari ishlab chiqildi; oʻsimliklarning geoekologik tasnifi
taklif etildi; oʻsimliklarning ekstremal sharoitga moslanish xususiyatlari ochib berildi (Q.Z. Zokirov,
J. K. Saidov, P. A. Baranov, V. A. Burigin, A. M. Muzaffarov, P. K Zokirovva b.); gʻoʻzaning
ekologik, anatomomorfologik va genetik xususiyatlarini oʻrganish sohasida bir qancha ishlar amalga
oshirildi (S. X. Yoʻldoshev, A. I. Imomaliyev, S. S Sodiqov va boshqalar). Mikrobiologik yoʻl bilan
oqova suvlarni tozalash, maʼdanlarni ajratib olish, qishloq xoʻjaligi
chiqindilaridan yemxashak
tayyorlash, fiziologik faol moddalarni ajratib olish, oʻsimliklarning vilt va virus kasalliklariga qarshi
kurash asoslari yaratildi (M. I. Mavloniy, A. F. Xolmurodov, S. A. Asqarova va boshqalar).
Ekologikfaunistik ishlar tyeriologiya, ornitologiya, gyerpetologiya, gidrobiologiya, entomologiya,
parazitologiya va zoologiyaning boshqa sohalarida keng miqyosda amalga oshirildi (T. Z. Zohidov,
D. N. Kashkarov, A. M. Muhammadiyev, S. N. Alimuhamedov, V. V. Yaxontov, R. O. Olimjonov,
A. T. Toʻlaganov, M. A. Sultonov, J. A. Azimov va boshqalar).
20-asrning
ikkinchi yarmida ayniqsa, soʻnggi yillarda biologiyaning biokimyo,
genetika, molekulyar biologiya, biotexnologiya, biofizika va ekologiya sohalarida bir qancha
muhim ishlar amalga oshirildi. Tireoid gormonlarning taʼsiri mexanizmi aniqlandi (Yo. X.
Toʻraqulov, T. S. Soatov). Biologik membranalarning tuzilishi, hayvonlar toksikologiyasi va
biokimyosi, ionlantiruvchi nurlar, defoliantlarning taʼsir mexanizmi va ionlarni membrana
orqali transporta muammolarini yechishda ham bir kator muvaffaqiyatlar qoʻlga kiritiddi (A.
P. Ibragimov, J. H. Hamidov, A.Q.Qosimov). Gʻoʻzada
genetik belgilarning
irsiylanish mexanizmi ishlab chiqildi (J. A. Musayev, O. J. Jalilov, A. A. Abdullayev, N. N.
Nazirov, A. A. Abdukarimov). Gen va hujayra injenyeriyasining rivojlanishi insulin,
intyerfyeron va oʻstiruvchi gormonlarni olish imkonini berdi (B. O. Toshmuhamedov, A. A.
Abdukarimov, M. M. Rahimov, A. I. Gagelgans va boshqalar). Biologiyaga oid tadqiqotlar
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Botanika, Zoologiya,
Mikrobiologiya, Genetika,
Fiziologiya va biofizika, Biokimyo institutlarida, shuningdek oliy oʻquv yurtlarida olib
borilmoqda.