|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat institutiBog'liq biologiya majmuaKosmozoylar
gipotezasini birinchi marta 1865 yili nemis vrachi
Rixtyer
ilgari surdi.
Keyinchalik mazkur girotezani olimlardan
Tomson
va
Gelmgols
quvvatladilar. Kosmozoylar
gipotezasiga ko‘ra, koinotda hayot mangu bo‘lib, uning zarrachalari bir sayyoradan ikkinchi sayyoraga
ko‘chib yuradi. Bu zarrachalarning ko‘chib yurishida mitioritlar asosiy o‘rin egallaydi. Mikroskop
ko‘rinshpidagi bu hayot zarrachalari metioritlarga yopishib, ular orqaln Yerga tushgan va hayotening
rivojlanishiga sabab bo‘lgan.
Panspyermiya
gipotezasi 1907 yili shved olyami
Arrenius
tomonidan ilgari surildi. Bu gipoteza
xuddi kozmoylar gipotezasi singari hayotning manguligini e’tirof etgan. Bu ikki gipoteza mazmunan
bir xil bo‘lib, asosiy farqi xayt zarrachalari yerga turli yo‘llar bilan etib kelganligi haqida edi.
Panspyermiya gipotezasiga muvofiq, hayot kurtaklari quyoshdan ajralgan yorug‘lik nurlarining bosimi
ta’sirida Yerga tarqalgan deyiladi. Bu gipoteza ham hayot manguligini e’tirof etgan.
Olimlardan
A.I.Oparin
1924 yili,
Xoldeyn
1929-yilda Yerda hayot qanday paydo bo‘lganligi
haqida
abiogen gipoteza
yaratdilar. Oparin hayot paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi gipotezani yaratishda
Engelsning hayotga bergan ta’rifi hamda hayot paydo bo‘lishi problemasini qanday hal etish bo‘yicha
ko‘rsatmalariga, shuningdek, astrofizika, astroximiya, geologiya , bioximiya va boshqa fan yutuqlarini
e’tiborga oldi. U o‘z gipotezasida Yerdagi hayot boshqa planetalardan ko‘chib kelmaganligini , balki
matyeriyaning milliard yillar davom etgan rivojlagnish natijasi ekanligiii qayd qildi.
Oparindan mustasino ravishda ingliz olimi
Dj Xoldeyn
o‘z maqolasida hayot abiogen yo‘l bilan
paydo bo‘lganligini yoqlab, tubandagi fikrlarni aytgan. Ultrabinafsha nurlar ta’sirida Yerning dastlabki
atmosferasida har xil organik moddalar , shu jumladan, qand va ba’zi bir aminokislotalar u
sintezlangan. Ular esa oqsilning tuzilishi uchun juda zarur birikmalar hnsoblanadi. Xoldeyn
mulohazasiga ko‘ra shunday birikmalar dastlabki okean suvida yig‘ilib borgan va bulon holatiga
kirgan. Ana shu bulondan hayot paydo bo‘lgan.
Xozirgi vaqtda Yerda mavjud barcha organik moddalar biogen yo‘l bilan, ya’ni tirik
organizmlarda sodir bo‘ladigan fotosintez va xemosintez natajasida vujudga kelgan. Hayotdan nom-
nishon bo‘lmagan qadimgi davrlarda esa bunday moddalar abiogen yo‘l bilan paydo bo‘lishi tabiiy
bir hol edi.
1947-yili boshqa ingliz olimi.
|
| |