• Silur davrida
  • Devon davrida
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat instituti




    Download 7,63 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet59/251
    Sana07.06.2024
    Hajmi7,63 Mb.
    #261339
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   251
    Bog'liq
    biologiya majmua

    Ordovik davriga
    kelib, eukariotlar orasida sifonli yashil qo'ng'ir va qizil suvo'tlar rivoj topgan. 
    Chuchuk suv havzalari qirg'oqlarida yashovchi sporali o'simliklar — psilofitlar xilma-xil bo'ia 
    boshlaydi. Dengizlarda korallar va tabulyatlar ishtirokida riflar hosil bo'lishi kuchaygan, yelkaoyoqli
    hayvonlar, boshoyoqh va qorinoyoqli mollyuskalar xilma-xil bo'lgan. Bu davrda birinchi marta 
    mshankalar
    rivojlangan. Trilobitlarning xilma-xilligi ortgan. Foraminiferalar, bulutlar va ikki pallali 
    mollyuskalar nisbatan kamaygan. 
    Silur davrida
    qisqichbaqachayonlar, boshoyoqli mollyuskalar rivoj topgan. Yashash uchun 
    kurashda umurtqasiz hayvonlardan bo'lgan korallalar (kovakichlilar) asta-sekin arxeotsiatlarni siqib 
    chiqargan. Bu davrda umurtqali hayvonlarning dastlabki vakillari 
    qalqonli baliqlar
    paydo bo‘lgan. 
    Ularning ichki skeleti tog‘aydan iborat, ustki tomoni suyak qalqon bilan qoplangan. Qalqonli 
    baliqlar faqat shakl jihatdan haqiqiy baliqlarga o‘xshagan, xolos. Aslida, ular jag‘sizlar yoki to‘garak 
    og‘izlilarning vakillari hisoblanardi. Silur davrining oxiriga kelib, quruqlikda o‘simliklar olami
    anchagina rivojlangan va paporotniklar, moxlar, qirqbo‘g‘imIar, plaunlar paydo bo‘lgan. Bu o 
    ‘simliklaming urchishi suv muhiti bilan uzviy bog‘liq edi. Aniqroq qilib aytganda, ularning xivchinli 
    gametalari harakatlanishi uchun suv muhiti zarur edi. Tuproqda organik qoldiqiarning birmuncha
    to‘planishi hayot faoliyatida ulardan foydalanuvchi organizmlar kelib chiqishiga imkon yaratgan. 
    Natijada xlorofilsiz geterotrof o‘simliklar — 
    zamburug’lar
    hosil bo‘lgan.
    Quruqlikda o‘simliklar biomassasining anchagina to‘planishi, ko‘payishi hayvonlarning ham 
    quruqlikda yashashiga sharoit tug'dirgan. Bo‘g‘imoyoqlilarning vakili bo’lgan 
    0

    rgimchaklar
    qumqlikka dastlab chiqishga muvaffaq bo’lgan. Bu davrning oxiriga kelib, kuchli tog‘ hosil bo’lish 
    jarayonlari tufayli Skandinaviya tog’lari, Finlyandiya va Shotlandiya tog’lari, Sayan-Baykal tog‘ 
    tizmalari paydo bo’lgan.
    Devon davrida
    quniqlikning ko’tarilishi va dengizlaming qisqarishi hisobiga iqlim keskin 
    ravishda moiadillashgan. Yyer sharining issiq rayonlarida esa iqlimning quruq bo’lishi dasht va chala 
    dashtlarni vujudga keltirgan. Suv muhitida ham qator o ‘zgarishIar sodir bo’lgan. Chunonchi, 
    baliqlarning rivojlanishida ham birmuncha progressiv o'zgarishlar ro‘y bergan. Qalqonli baliqlar ichida 
    jag ‘li formalar rivoj topgan. Jag’li qalqonli baliqlarning ichki tog‘ay skeleti hamda harakatchan 
    suyakli jag’lari bo’lgan. Jag’li baliqlarning kelib chiqishi umurtqali hayvonlarning tuzilish faoliyati 
    ortishida muhim bosqich hisoblanadi. Chunki suyakli jag‘ga ega hayvonlar, odatda, aktiv ov qilishi, 
    o‘z g‘animini tezda yengishi mumkin. Natijada yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish tufayli nerv 
    sistemasi, sezuv organlari, instinktlar va hayvonlarning xatti-harakati takomillasha borgan. Bu esa 


    tog‘ayli baliqlar, suyakli baliqlar, ikki tomonlama nafas oluvchi va panja qanotli baliqlar rivojlanishi 
    uchun asos bo‘lgan. Keyingi ikki xil baliqlar guruhi jabralari bilan nafajs olishdan tashqari, o‘pkasi 
    bilan ham nafas olgan. Panja qanotli baliqlar keyinchalik umurtqali hayvonlarning quruqlikka 
    tarqalishiga zamin yaratgan. Ulamnng ba’zi vakillari chunonchi, latimyeriyalar hozirgi davrda ham 
    Hind okeaninii|ig g‘arbiy qismida uchraydi. 

    Download 7,63 Mb.
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   251




    Download 7,63 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat instituti

    Download 7,63 Mb.
    Pdf ko'rish