• Jinssiz ko‘payish.
  • Endogoniya
  • Shizogoniya.
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat instituti




    Download 7,63 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet67/251
    Sana07.06.2024
    Hajmi7,63 Mb.
    #261339
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   251
    Bog'liq
    biologiya majmua

    Tayanch iboralar: 
    jinsiy hujayra, individ, konyugatsiya izogamiya, Ontogenez getyerogamiya
    oogamiya, partenogenez, ginogenez va ondrogenez gomeostaz. 
     
    1.
     
    Organizmlarning ko‘payish xillari 
    Barcha tirik mavjudot o‘zlariga xos bo‘lgan hayotni yashaganlaridan so‘ng o‘limga 
    mahkumdirlar. O‘lgan organizmlar o‘rniga yangi organizmlar vujudga keladi. Har bir jonzotga o‘ziga 
    o‘xshagan organizmni yaratish, zurriyot qoldirish xususiyati xosdir. SHu tufayligina mavjudotlar olami 
    saqlanib qoladi. Organizmlarning ko‘payishi evolyusion tarzda takomillashib boruvchi jarayondir. 
    Jonzotlar turli usulda ko‘payadi, ularning barchasini 
    jinssiz
    va 
    jinsiy
    ko‘payish xiliga bo‘lish mumkin. 
    Jinssiz ko‘payish.
    Jinssiz ko‘payish eng sodda, evolyutsiya jarayonidagi ilk bor ko‘payish 
    usulidir. Bu usul bilan ko‘payishda bitta organizm ishtirok etadi. Shu organizm o‘z avlodlariga barcha 
    ususiyatlarini deyarli o‘zgarmagan holda o‘tkazadi. Jinssiz ko‘payishning bo‘linish, endogoniya, 
    shizogoniya, kurtaklanish, sporogoniya, vegetativ ko‘payish xillari farqlanadi. Ko‘payishning bo‘linish 
    usuli bir hujayrali jonzotlarga xosdir. Bo‘linish usulidagi ko‘payish organizmning mitoz yo‘li bilan 
    ko‘payishidir. Bo‘linish natijasida hosil bo‘lgan ikki avlod (hujayra) o‘rtasida genetik axborot va ichki 
    tuzilmalar tengma-teng taqsimlanadi. Hosila organizm (hujayra) o‘sadi va qayta bo‘linishga tayyorlanib, 
    so‘ng yangi organizmni yaratadi. 
    Endogoniya – 
    bu organizm (hujayra) ning alohida ichki kurtaklanishi bo‘lib, ona hujayrada 
    ikkita qiz organizm hosil bo‘ladi, ya’ni bir ona hujayra ichida, uning umumiy hujayra qobig‘i ostida ikki 
    qiz hujayra shakllanadi, shunday qilib ona hujayra faqatgina ikki avlod beradi. Shu yo‘sinda, masalan 
    bir hujayrali parazit – 
    toksoplazmaning
    ko‘payishi ro‘y beradi. 
    Shizogoniya.
    Ayrim bir hujayralilarda, masalan, 
    bezgak plazmodiysining
    jinssiz ko‘payishi ko‘p 
    marta bo‘linish – shizogoniya usuli bilan kechadi. Hujayra (organizm) shizogoniya bilan ko‘payganda, 
    dastavval uning yadrosi birin-ketin ko‘p marta bo‘linadi, hujayra sitoplazmasi esa bo‘linmaydi – 
    sitokinez ro‘y bermaydi. So‘ngra, ona hujayra ichidagi har bir hosila yadro, bo‘linib ketgan, mayda 
    sitoplazma bilan o‘raladi – bir qancha qiz hujayra (organizmlar) paydo bo‘ladi. Qiz hujayradagi irsiy 
    informatsiya belgilari ona organizmi belgilariga monand ravishda bo‘ladi. Odatda, bu xildagi ko‘payish 
    jinsli ko‘payish bilan almashinib turadi. 

    Download 7,63 Mb.
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   251




    Download 7,63 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat instituti

    Download 7,63 Mb.
    Pdf ko'rish