Hujayraning ichki bo‘linish – taksoplazma parazitining endodiogeniyasi:
1 - ikkita shakllanayotgan hujayrani tutgan ona hujayra;
2 - qiz hujayralar – myerozoitlar; 3 - hujayra yadrosi.
Jinnssiz ko‘payishning bir xili bo‘lgan sporogoniyani ayrim bakteriya (yoki bir hujayrali organizm –
masalan,
ichak balantidiysi, lyambliya) larning spora hosil qilishdan farqlamoq lozim. Bu xil
sporalanish ko‘payish
uchun emas, noqulay sharoitdan saqlanishgagina xizmat qiladi.
Kurtaklanish
usuli bilan ko‘payishda ona organizmi (hujayra) da yadroning bir
qismini tutgan
sitoplazmatik do‘mboqcha – kurtak paydo bo‘ladi. Do‘mboqcha o‘sadi va ona qismdan ajraladi. Ayrim
bakteriyalar va kipriklilar shu zaylda ko‘payadi.
Vegetativ ko‘payish usulida ko‘p ho‘jayrali organizm
tanasining bir qismidagi hujayralar to‘plamidan yangi organizm hosil bo‘ladi. Masalan, gidralar
ko‘payishida ona organizmdan hujayralar to‘plamidan iborat kurtak hosil bo‘ladi va so‘ng u ajralib,
alohida organizmni yaratadi.
Vegetativ ko‘payish
(masalan, gidralarda) jinsiy ko‘payish bilan almashinib turadi.
Xalqali va
kiprikli chuvalchanglar ma’lum qismlarga, bo‘linib har bir qism o‘z navbatida yangi organizm hosil
qilishi mumkin.
Jinsiy ko‘payish.
Jinsiy ko‘payish natijasida genetik
informatsiyaning almashinuvi, hosila
individda yangi genetik to‘plamning vujudga kelishi va shunga monand ravishda o‘zgacha (o‘zgargan)
biologik xususiyatga ega bo‘lgan ya’ni ota-ona organizmiga qaraganda chidamli, moslashuvchan yangi
avlod yuzaga keladi. Mana shunga ko‘ra ham jinsiy ko‘payish
biologik jihatdan afzal va
mukammallashgan organizmlarning ko‘payish xili hisoblanadn. Jinsiy ko‘payish odatda ikki jinsiy
hujayra – gametalarning ko‘shilishi bilan ro‘y beradi. Jinsiy ko‘payishning
bunday gametalarning
ko‘shilishi bilan sodir bo‘lishi ham evolyusion tarzda, asta-sekin yuzaga kelgan. Jinsiy ko‘payishning
eng qadimiy – ibdidoiy ko‘rinishi plazmogamiya xodisasida namoyon bo‘ladi. Plazmogamiyada (ayrim
amyobalarda sodir bo‘luvchi) ikki hujayra qo‘shilib ikki yadroli tuzilma hosil qiladi. Qisqa muddatdan
so‘ng hujayra sitoplazmasi qayta ikkiga bo‘linadi har bir hosila hujayra avvalgi yadrolardan biriga ega
bo‘ladi. Har bir amyobaning
sitoplazma tarkibi aralashgan, ya’ni ikkita qo‘shilgan amyoba,
sitoplazmasidan iborat bo‘ladi. Mana shu sitoplazma mahsulotining aralashishi bilan hosil bo‘lgan
nndivid – amyoba o‘zgacha xususiyatga ega bo‘ladi. Jinsiy ko‘payishning anchagina murakkablashgan
xillarini 2 guruhga ajratish mumkin: konyugatsiya, kopulyasiya.