|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat institutiBog'liq biologiya majmuaamfimiksis,
urug’lanmasdan ko’payishga
apomiksis
deb ataladi. Apomiksisning:
partenogenez, ginogenez
,
androgenez
usullari bor.
A)
Partenogenez
- urug’lanmagan tuxum hujayradan zigota yoki murtakning rivojlanishi.
Partenogenez
tabiiy
va
sun’iy
bo’ladi.
Tabiiy partenogenezda
voyaga yetgan tuxum hujayra tashqi va
ichki omillar ta’siri bilan spermatozoid bilan qo‘shilmasa ham rivojlanib normal organizmni hosil
qiladi. Tabiiy partenogenez tuban qisqichbaqasimonlar, kolovratkalar, pardaqanotlilar (arilar),
qisman qushlarda (tustovuq) kuzatiladi. Partenogenez doimiy va qisman bo’lishi mumkin. Ba’zi
hayvonlarda urug’lanmagan tuxum hujayradan faqat urg‘ochi, urug’langan tuxum hujayradan esa
ham urg‘ochi, ham erkak jinsli organizmlar rivojlanadi. Ikkinchi holatda esa urug’lanmagan tuxum
hujayradan faqat erkak, urug’langanidan esa urg’ochi organizm hosil bo’ladi. Tuban
qisqichbaqasimonlardan
dafniyalarda
urg‘ochi organizm diploid, erkaklari gaploid xromosomalar
to‘pllarniga ega bo’ladi. Qulay sharoitda dafniya partenogenetik yo’l bilan ko‘payadi. Natijada
faqat urg‘ochi organizmlar voyaga yetadi. Noqulay sharoitda (ozuqa yetishmaganda, harorat
pasayganda) urg‘ochi dafniya xromosomalari diploid bo’lgan tuxum hujayrani hosil qiladi va
undan erkak dafniyalar rivojlanadi.
Sun’iy partenogenez tajribada tuxum hujayrani har xil omillar ta’siri bilan faollashtirish
natijasida hosil qilinadi. Bunday omillarga yuqori harorat, har xil kislotalar, yorug‘lik bilan
tuxum hujayraga ta’sir etib uni faollashtirish kabilar kiradi. Sun‘iy partenogenez
tut ipak qurtida,
baqalarda
,
quyonlarda
,
suv o‘tlarida
,
zamburug‘larda
, yuksak o’simliklar (g‘alladoshlar, dukkakli
o‘simliklar)da hosil qilingan.
Sun’iy partenogenez
Tihamirov
tomonidan 1895 yilda quyonda, ipak qurtida, suv o’tida hosil
qilgan. Bunda spermatozoid ishtirok etmaydi. Erkak jinslar odatda gaploid zigotadan rivojlanadi.
Murtak xaltasining tuxum hujayradan boshqa hujayralar hisobiga rivojlanishiga
|
| |