Reduksion bo‘linish
fazalarining orasida eng murakkab va uzoq muddatli
profaza I
dir. U
ketma-ket
keluvchi
leptonema, zigonema, paxinema, diplonema, diakenez
bosqichlaridan
tashkil
topgan.
a)
leptonema
bosqichida interfazadagi yadro to‘rsimon ingichka iplarga — xromonemalarga
aylanadi. Bu xromonema iplari diploiddir. Ular interfaza bosqichidayoq qo‘shaloqlangan bo‘lib, bu
elektron mikroskop yordamida tasdiqlangan.
b)
zigonema
bosqichida gomologik xromosoma iplari bir-biriga tortiladi.
Ular ichki qismidan
boshlab uzunasiga birlashib ketadi. Gomologik xromosomalar-ning uzunasiga birlashishi
kon’yugatsiya
yoki
sinapsis
deyiladi. Kon’yugatsiyalanuvchi bir juft xromosoma
bivalent
deb ataladi,
u to‘rtta xromatidalardan tashkil topadi. Xromosomalar sinapsisi tugallanishi bilan yadro keyingi
paxinema bosqichiga o‘tadi.