imkoniyati paydo bo'lgan. Hayvonlarning suv muhitidan quruqlikda yashashga o'tishi organik
olamning tarixiy rivojlanishida ro‘y bergan yana bir aromorfoz o ‘zgarishdir.
4. Toshko‘mir davrida hayvonlar evolyutsiyasida vujudga kelgan yana bir aromorfoz o‘zgarish
havo muhitini egallab olgan dastlabki uchar hasharotlar formalarining paydo bo‘lishidir.
Muhit
sharoitining o‘zgarishi tufayli ular havo bilan nafas olishga o'tgan. Tanasidagi segmentlar kamayib,
tanasi ko‘tara oladigan kuchli muskullarga ega juft oyoqlar rivojlangan.
5. Bu erada aromorfoz tipidagi
0
‘zgarishlar bilan bir qatorda senogenetik tipdagi o ‘zgarishlar
ham yuz bergan. Qisqichbaqasimonlar, baliqlar va amfibiyalarning qurib qolishdan himoyalanmagan
tuxumi o‘rniga o‘rgimchaksimonlar, hasharotsimonlar va sudralib yuruvchilarda qobiqqa o‘ralgan
tuxum rivojlanishi bunga yaqqol misoldir. Shunga qaramay, hayotning dastlabki paydo bo‘lishi va
rivojlanishi okeanda ro‘y berganligini ta’kidlab o‘tish kerak.
Akademik