O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat instituti




Download 7,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/251
Sana07.06.2024
Hajmi7,63 Mb.
#261339
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   251
Bog'liq
biologiya majmua

Yura davriga
kelib, dengiz va okeanlarda boshoyoqli mollyuskalardan 
ammonitlar
va 
belemnitlar
ko'plab uchraydi. Ammonitlar tanasi spiralsimon chig'anoqning oldingi kamerasida 
joylashgan, chig‘anoqning qolgan kataklari havo bilan to’lia bo’lgan. Chig‘anoqdagi havo miqdorining 
boshqarilishi orqali ammonitlar suv yuzasiga ko’tarilgan va suv ostiga tushgan. Belemnitlar 
ko‘rinishidan hozirgi boshoyoqli mollyuskalardan kalmarlarni eslatgan. Dengizlarda sudralib 
yuruvchilarning xilma-xilligi ortib, ixtiozavrlar bilan bir qatorda pleznozavrlar ham rivojlangan. 
Sudralib yuruvchilar havo muhitini ham ishg‘ol qilgan.
Havo muhitida xilma-xil hasharotlar bo’lishi hasharotxo'r uchuvchi kaltakesaklarni vujudga 
keltirgan. Uchuvchi kaltakesaklar jumlasiga yura davrida paydo bo’lgan 
ptyerodaktiliya

ramfarinxlarni
kiritish mumkin. Uchuvchi kaltakesaklar bilan bir vaqtda dastlabki 
qushlar
kelib 
chiqqan. Yura qatlamlaridan topilgan arxeoptyeriks ana shunday formalardandir. Uning tuzilishida 
sudralib yuruvchilar va qushlarnikiga o'xshash belgilarni ko'rish mumkin. Jag’larida tishlar bo’lishi, 
uzun dum, oldingi oyoqlarida uchta barmoqning yaxshi rivojlanganligi va changalining bo’lishi 
sudralib yuruvchilarga, tanasining pat bilan qoplanganligi, oldingi oyoqlarining shaklan o'zgarib, 
qanotlarga aylanganligi qushlarga xos belgilardir. O'sha davrdagi qushlarning kattaligi ko'pi bilan 


kaptardek bo'lgan. Oldingi oyoqlarining tuzilishiga qaraganda, ular daraxtlarga bemalol o'rmalab chiqa 
olgan. Dastlabki qushlar, ehtimol psevdozuxiyalarga yaqin qandaydir sudralib yuruvchilardan 
rivojlangan bo'lishi mumkin. Quruqlikda yashovchi sudralib yuruvchilardan ba’zilarining, masalan, 
diplodokning 
uzunligi 30 metrga yetgan, ular o'txo'r hisoblangan. Yirtqich dinozavrlarning bo'yi 10—
15 metrga yetgan. Yura davriga kelib, 
xaltali sutemizuvchilar

yopiq urug'li o'simliklar
rivojlangan.

Download 7,63 Mb.
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   251




Download 7,63 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat instituti

Download 7,63 Mb.
Pdf ko'rish