• Kembriy davrida
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat instituti




    Download 7,63 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet58/251
    Sana07.06.2024
    Hajmi7,63 Mb.
    #261339
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   251
    Bog'liq
    biologiya majmua

     
     
    4. Paleozoy, mezozoy va kaynazoy erasidagi hayot 


     
    Paleozoy erasi.
     
    350 million yil davom etgan bu eraga o‘tish arafasida kuchh tog‘ hosil 
    bo’lish jarayonlari davom etgan. Buning natijasida ko‘pgina hayvonlar, o‘simliklar turi nobud bo’lgan, 
    shuningdek, yerdagi quruqlik va dengiz maydoni qayta taqsimlana boshlagan. Paleozoy erasi 
    kembriy, 
    ordovik, silur, devon, toshko‘mir 
    va
     pyerm 
    davrlariga bo’linadi. 
    Kembriy
    davrida
    iqlim mo’tadil, quruqlik esa faqat pasttekisliklardan iborat bo’lgan. Oldingi 
    eradagi singari hayot ham suvda juda xilma-xil bo‘lgan. Bu davrda o‘simliklar suv muhitidan 
    quruqlikka chiqishga muvaffaq bo‘ladi. Moxlar, qirqbo‘g‘imlar va plaunlar kabi o'simliklaming 
    qazilma holdagi qoldiqlari shved paleobotaniklari tomonidan kembriy qatlamlaridan topilganligi 
    buning yaqqol dalilidir. Shunga qaramay, suvdagi hayot anchagina boy bo'lgan. Okean va dengiz 
    suvida yashil, qo‘ng‘ir, diatom suvo'tlar va evglenalar ko‘plab uchragan.
    Hayvonlar orasida umurtqasizlarning barcha tiplari keng tarqalgan. Bulutlar nihoyatda xilma-
    xil bo‘lgan. O‘sha davrda yashagan ko‘p hujayrali hayvonlar arxeotsiatlarning qadah, qayrilgan shox 
    yoki likopchaga 
    0
    ‘xshash shakldagi g‘ovak ohak skeleti bo‘lib, ayrimlarining uzunligi 1,5 metrgacha 
    yetgan. Ular qirilib ketishi tufayli hozirgi zamon marjon (korall) riflariga o‘xshash qalin qatlam hosil 
    qilgan. 
    O
    ‘troq hayot kechiruvchi hayvonlar orasida 
    ninatanlilarning
    qadimgi ajdodlari
    dengiz 
    nilufarlari
    ham uchragan. Aktiv hayot kechiruvchi hayvonlarga plastinka jabrali, qorinoyoqli, 
    boshoyoqli mollyuskalar, halqali chuvalchanglar, bo‘g‘imoyoqlilar va boshqa hayvonlar vakillari 
    misol bo'ladi. Bo‘g‘imoyoqlilarning ajdodi bo'lgan 
    trilobitlarning
    tanasi xitin qalqon bilan
    qoplangan. Tanasi 40—50 ta segmentdan iborat bo'lgan. Xordalilarning lansetnikka o'xshash vakillari 
    ham kembriy davrida yashagan deb taxmin qilinadi.

    Download 7,63 Mb.
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   251




    Download 7,63 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat instituti

    Download 7,63 Mb.
    Pdf ko'rish