O‟zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta„lim vazirligi namangan davlat universiteti yunusova gulshoda nozihovna




Download 6,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/39
Sana20.01.2024
Hajmi6,64 Mb.
#141961
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   39
Bog'liq
Mul’timedia texnоlоgiyalari. Power Point – taqdimot dasturi. Masofaviy ta’lim texnologiyalari.

Kompyuterning ishlash printsipi va tashkil etuvchilari 


24 
Ixtiyoriy kompyuterning ishlash printsipini birinchi bo‘lib ingliz olimi 
Charlg‘z Bebich va uning g‘oyasini mukammallashgan ko‘rinishini Djon Fon 
Neyman taklif qilgan. Uning printsipi dastur asosida boshqariladigan avtomatik 
ravishda ketma-ket ishlash g‘oyasidan iborat. hozirda ko‘p rusumli kompyuterlar 
shu g‘oya asosida ishlaydi. Lekin keyingi paytlarda ko‘p protsessorli 
kompyuterlar, yahni bir vaqtda dasturning bo‘laklarini ketma-ket emas, parallel 
bajaradigan kompyuterlar ham yaratilganligini eslatib o‘tish joizdir. shunday qilib, 
kompyuter avvaldan tuzilgan dastur asosida ishlaydi. O‘z navbatida dastur 
qo‘yilgan masalani kompyuterda yechish uchun qandaydir dasturlash tilida 
yozilgan buyruqlar (operatorlar) ketma-ketligidir. dasturlash tilida tuzilgan 
dasturlar maxsus tarjimon dasturlar yordamida kompyuter tiliga o‘tkaziladi. 
Kompyuter tili 0 va 1 lardan tashkil topgan, mahlum qoidalar asosida yoziladigan 
ketma-ketliklardan iborat. Djon Fon Neyman printsipi bo‘yicha avtomatik ravishda 
bajariladigan dastur avval kompyuterning xotirasiga kiritiladi (yuklanadi). 
Xotirada turgan dastur asosida dasturni tashkil etuvchi har bir operator ketma-ket 
bajariladi.
Boshqaruv qurilmasi deb ataluvchi maxsus qurilma hozir qanday operator 
bajarilishi va undan keyin qaysi operator bajarilishi ustidan nazorat o‘rnatadi va 
uni bajarilishini tahminlaydi. Amal (arifmetik-mantiqiy) esa protsessor deb 
ataluvchi qurilmada bajariladi. Dastur ishlash natijasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekranda 
yoki tashqi qurilma (chop qiluvchi mexanizm, grafik chizuvchi qurilma, video 
qurilma va boshqalar) deb ataluvchi qurilmada ko‘rilishi mumkin. Odatda 
kompyuter ikki qismdan: hardware (kompyuterni tashkil etuvchilari - 
kompyuterning qattiq qismlari) va Software (kompyuterning dasturiy tahminoti - 
kompyuterning yumshoq qismlaridan) tashkil topgan deyiladi.

Download 6,64 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   39




Download 6,64 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‟zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta„lim vazirligi namangan davlat universiteti yunusova gulshoda nozihovna

Download 6,64 Mb.
Pdf ko'rish