O‟zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta„lim vazirligi namangan davlat universiteti yunusova gulshoda nozihovna




Download 6,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/39
Sana20.01.2024
Hajmi6,64 Mb.
#141961
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39
Bog'liq
Mul’timedia texnоlоgiyalari. Power Point – taqdimot dasturi. Masofaviy ta’lim texnologiyalari.

SICHQONCHA 
Sichqoncha ma‘lumotlarni kompyuterga kiritish va u bilan 
muloqot qilish vazifasini tezroq amalga oshirishni tahminlaydigan 
qurilmadir. Usiz kompyuterda xususan, amaliyot tizimida ishlab 
bo‘lmaydi. U yordamida amaliyot tizimga va uning boshqaruvi 


28 
ostida ishlaydigan dasturlarga buyruqlar kiritiladi. Sichqoncha odatda ikki yoki uch 
klavishali bo‘ladi: chap, o‘ng va o‘rta yoki g‘ildirakchali. Chap va o‘ng klavishalar 
dastur asosida almashtirilishi mumkin. Odatda chap klavisha yordamida asosiy 
amallar (ajratish, surish, bajarish va h.k.) bajariladi. O‘ng klavisha kontekst 
tavsiyanoma deb ataluvchi oynadagi amallarni bajarish uchun xizmat qiladi. 
Kontekst tavsiyanomaning vazifasi joriy holatda u yoki bu amalni tezroq bajarish 
bilan bog‘liq. O‘rta klavisha yoki g‘ildirakcha hozirda xususan, varaqlash (Page 
Down, Page Up amaliga o‘xshab) maqsadlari uchun qulay. 
Sichqoncha birinchi navbatda ko‘rsatish vazifasini bajaradi. Agarda biror 
obhekt ko‘rsatgandan keyin, chap klavishacha bosilsa, o‘sha obhekt ishlash uchun 
tayyor bo‘lib turadi. Ko‘rsatilgan obhekt ustida, sichqonchaning chap klavishasi 
ikki marta bosilsa, ko‘rsatilgan obhekt ishga tushib ketadi. Sichqonchaning chap 
klavishasini ikki marta ketma-ket bosish operatsiyasi, bu operatsiyani bir marta 
chap klavishani bosib, keyin Enter bosilganiga teng bo‘ladi.
Ekranda ko‘rsatilgan obhektni surish yoki ko‘chirish uchun, sichqoncha 
ko‘rsatkichini ko‘rsatilgan obhekt ustiga keltirilib, sichqonchaning chap klavishasi 
bosiladi va klavishani qo‘yib yubormasdan, obhektni yangi joyga suriladi va 
sichqoncha klavishasi qo‘yib yuboriladi. Windows muhitida ishlayotganda 
ekrandagi obhektlarni sichqonchaning ham chap, ham o‘ng tomonda joylashgan 
klavishalar bilan ko‘chirish mumkin. 
Klaviatura 
Klaviatura matnli ma‘lumotlarni kompyuterga qo‘lda 
kiritadigan va u bilan muloqot qilish vazifasini o‘taydigan 
qurilmadir. Uning yordamida amaliyot tizimga va uning boshqaruvi ostida 
ishlaydigan dasturlarga buyruqlar va dasturlarga kerak bo‘lgan ma‘lumotlar 
kiritiladi.
Windows tizimida oson ishlashni yo‘lga qo‘yish uchun yaratilgan 
klaviaturalar odatda 101, 104, 108 yoki 109 klavishlardan iborat bo‘ladi.
O‘z vazifalariga ko‘ra klavishlar beshta guruhga bo‘linadi: 

Alifbo harflari va sonlarni kiritadigan klavishlar.


29 

Kursorni boshqarish klavishlari. 

Funktsional klavishlar. 

Sonlarni kiritadigan aloxida klavishlar. 

hizmatchi klavishlar. 
Eng katta guruh - birinchi guruh bo‘lib, ular yordamida rus va lotin katta-
kichik harflari, sonlar, maxsus belgilar, tinish belgilari kompyuterga kiritiladi. 
Pastda joylashgan uzun, hech qanaqa belgisi bo‘lmagan klavishning nomi 
Spacerbar yoki Space deb ataladi va bo‘sh joy belgisini kiritishga mo‘ljallangandir. 
Boshqa klavishlar bir necha nomga ega, chunki ular klaviaturaning ish tartibiga 
(registriga) qarab turli belgilarni kiritishga mo‘ljallangan. 
Pastki registrda kichik yuqori registrda esa katta harflar kiritiladi. 
Ekranga belgi tushadigan joy maxsus usul bilan belgilanadi. Buning uchun 
maxsus belgi bor, u kursor deb ataladi. Agar ekran matn kiritish holatida ishlab 
turgan bo‘lsa, unda kursor o‘chib-yonib turadigan vertikal chiziqcha yoki harfning 
ustiga tushadigan to‘rtburchakka o‘xshaydi va matn kursori deb nomlanadi. 
Agarda ekran grafik holatda ishlab turgan bo‘lsa, unda kursor yonib-o‘chib 
turadigan gorizontal chiziqchaga o‘xshaydi. Xullas kursor ko‘rinishi holatga qarab 
o‘zgaradi. 
Kursorni boshqarish klavishlari ←, →, ↑, ↓ home, End, PageUp, PageDown, 
BackSpase va Enter lardan iborat bo‘lib ular matn ko‘rsatkichini joyini 
o‘zgartirishga yordam beradi 
F1 dan F12 gacha bo‘lgan klavishlar funktsional klavishlar deb nomlanadi. 
Dastur tuzilishiga qarab, ushbu klavishlar har xil vazifalarni bajarishi mumkin. 
Bular 12 ta bo‘lishiga qaramasdan, ko‘pincha F1 dan F10 gachasi ishlatiladi. 
Odatda F1 klavishi yordamchi ma‘lumotlarni olish uchun xizmat qiladi 
(Spravochnik).
Num Lock (sonlarni saqlash) - sonlar kiritishning kichik klaviaturasi sonni 
kiritishga yoki kursorni boshqarishga moslaydi. Sonlarni kiritish klavishlari ikki 
holatda ishlashi mumkin:

sonlarni kiritganda, 


30 

kursorni boshqarishda. 
Ikki holatning biridan ikkinchisiga o‘tishni Num Lock (mahkamlash bilan) 
yoki shift klavishi (mahkamlash kerak emas) bajaradi. Bunda Caps Lock klavishi 
sonlarni kiritish klaviaturasiga tahsir ko‘rsatmaydi.
Sonlarni kiritish paytida sonlarni kiritish klaviaturasi kalkulyatorning 
klaviaturasiga o‘xshaydi. Sonlarni va arifmetik amallar belgilarini kiritish uchun 
qulaylik yaratadi. Sonlarni kiritgan paytda Num Lock chirog‘i yonib turishi kerak, 
agarda Num Lockni ko‘rsatuvchi chiroq o‘chgan bo‘lsa, ushbu kichik klaviatura 
bilan matn kursorini boshqarish mumkin.
Hizmatchi klavishalarga quyidagilar kiradi: 
Ctrl (Control - boshqarish) - boshqa klavish bilan birga bosilganda, o‘sha 
klavishning vazifasi o‘zgaradi. 
ALT (Alternative - o‘zgartiruvchi) - bu klavish ham boshqa klavishlar bilan 
birga bosilganda, o‘sha klavishning ish vazifasini o‘zgartiradi. 
Print Screen (ekrandagini chop etish) - ushbu klavish ekranda bo‘lgan 
ma‘lumotni printerga chiqarib beradi yoki bufer xotiraga joylaydi. 
PAUSE (vaqtinchalik to‘xtash) - ushbu klavish bosilganda kompyuter o‘z 
ishini vaqtincha to‘xtatadi. 
TAB (tabulyatsiya) - faqat pastdagi registrda ishlaydi va gap matn, hujjatlar 
haqida ketganda, kursorni o‘ng tomonga, navbatdagi maxsus ko‘rsatilgan 
(belgilangan) nuqtaga (pozitsiyaga) suradi. Bu klavishning qulayligi shundaki
uning yordami bilan jadvallar tuzish oson va matnni yozganda ham belgilangan 
pozitsiyadan boshlab terish mumkin. Klavishlarni yuqori registrda bosganda, 
kursorni chap tomonga, belgilangan pozitsiyaga surish mumkin. 
Caps Lock (katta yoki kichik harflarga o‘tish klavishi) - yuqori registrga 
o‘tish imkonini yaratib beradi. haqiqatda esa ushbu klavish faqat harflar terish 
klavishlariga o‘z tahsirini ko‘rsatadi, katta harflar kiritish imkonini yaratib beradi. 
Bu klavishni bosib ushlab turish kerak emas. Ishlovchiga qulaylik yaratish 
maqsadida klaviaturaning o‘ng burchagida yonib turadigan indikatorlar joylashgan. 
Bu indikatorlar holatni ko‘p vaqt davomida saqlab turadigan klavishlar bilan 


31 
bog‘langan. Shularning ichida bittasi Caps Lock ga tegishli. 
Scroll Lock (surishni saqlaydi) - bu klavish yordamida kursorni harakatga 
keltirmoqchi bo‘lsangiz, kursor ekranga sakraydi. Bu klavish ham o‘z holatini 
mustahkamlash (fiksatsiya) bilan bajaradi. 
Shift (surish) - vaqtinchalik yuqori registrdan pastki registrga, yoki aksincha, 
pastki registrdan yuqori registrga o‘tish imkonini beradi. hammasi Caps Lock 
klavishining holati bilan bog‘langan. Bu klavishning xizmati vaqtinchalik 
bo‘lganligi sababli, boshqa klavishlarning xizmatini o‘zgartirish kerak bo‘lsa, 
ularni bosish paytida shift klavishi vaqtinchalik bosib ushlab turiladi. 
Esc (bekor qilish) – bu klavisha ayrim buyruqlarni bekor qilish uchun 
ishlatiladi. 

Download 6,64 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39




Download 6,64 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‟zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta„lim vazirligi namangan davlat universiteti yunusova gulshoda nozihovna

Download 6,64 Mb.
Pdf ko'rish