• TIZIMLI BLOKI
  • SHAXSIY KOMPYUTERLARNING TUZILISHI




    Download 6,64 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet13/39
    Sana20.01.2024
    Hajmi6,64 Mb.
    #141961
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   39
    Bog'liq
    Mul’timedia texnоlоgiyalari. Power Point – taqdimot dasturi. Masofaviy ta’lim texnologiyalari.

    SHAXSIY KOMPYUTERLARNING TUZILISHI 
    shaxsiy kompyuterlar quyidagi asosiy qurilmalardan tashkil topgan:

    tizim bloki; 

    monitor; 

    klaviatura; 


    25 

    sichqoncha. 
    IBM firmasiga taalluqli shaxsiy kompyuterlar, inglizcha IBM PC 
    kompyuterlari atamasida yuritiladi va ular hozirgi kunda eng keng tarqalgandir.
    TIZIMLI BLOKI
    Tizimli bloki odatda desktop (yassi) yoki town (minora) 
    ko‘rinishida ishlab chiqariladi.
    Kompyuterning asosiy qismlari tizimli blokida joylashgan 
    bo‘lib, ular quyidagilardir: 
    Tezkor xotira (RAM-Random Access Memory-ixtiyoriy kirish 
    mumkin bo‘lgan) mikroprotsessor, qurilmalar nazoratchilari, (yahni kontrollerlar, 
    adapterlar, elektr manbai bilan tahminlash bloki), yumshoq disk yurituvchi 
    qurilmasi (FDD-Floppy Disk Driver), qattiq disk yurituvchi qurilmasi (hDD-hard 
    Disk Driver), faqat o‘qish uchun mo‘ljallangan (CD ROM-Compact Disk Read 
    Only Memory) yoki uning o‘rniga xozirda xam o‘qish xam yozish uchun hizmat 
    qiladigan lazer disk yurituvchi qurilmasi (CD RW yoki DVD RW) bo‘lishi xam 
    mumkin, shinalar, modem va boshqa qurilmalar. Tizim blokiga uning parallel 
    (LPT) va ketma-ket (COM) portlari orqali ko‘plab tashqi qurilmalarni ulash 
    mumkin.
    Mikroprotsessor. Mikroprotsessor kompyuterning amal bajaradigan qismi 
    bo‘lib, u ma‘lumotlarni berilgan dastur asosida qayta ishlaydi. 
    Mikroprotsessor 140 ta atrofida turli arifmetik va mantiqiy amallarni 
    bajaradi. IBM rusumli kompyuterlarda Intel tipidagi (shu nomli firma ishlab 
    chiqqan) mikroprotsessorlar ishlatiladi. Bu firma o‘z faoliyati mobaynida Intel-
    8080, 
    80286, 
    80386, 
    80486, 
    pentium, 
    pentium 
    pro 
    (professional) 
    mikroprotsessorlari ishlab chiqargan bo‘lib, hozirda faqat zamon talablariga javob 
    beradigan pentium-III, pentium-IV protsessorlarini bozorga chiqarmoqda. shuni 
    aytish joyizki, bu protsessorlar faqat Intel firmasida ishlab chiqarilishi shart emas. 
    Uning litsenziyasi asosida bunday mikroprotsessorlar, ishchi kuchi arzon bo‘lgan, 
    Janubiy- sharqiy Osiyo mamlakatlarida ko‘plab ishlab chiqarilmoqda. Bundan 
    tashqari, IBM kompyuterlariga moslik shartini bajaradigan boshqa firmalar: AMD, 


    26 
    Cyrix, Celeron va hokazo ishlab chiqqan mikroprotsessorlar ham keng qo‘llaniladi. 
    Ammo boshqa firmalar ishlab chiqqan mikroprotsessorlar Intel-protsessorlardan 
    umuman 
    aytganda 
    kuchsizroq 
    hisoblanadi. 
    hozirda 
    MMX-protsessorli 
    kompyuterlar keng qo‘llaniladi. Protsessorlarning tezligi megagertslar (Mgts) 
    sekundda o‘lchanadi. 
    MMX pentium protsessori. Intel firmasining keyingi avlod protsessori 
    sifatida 1997 yil yanvar oyidan boshlab chiqarilayotgan MMX (Matrix 
    Multiplication Extension) pentium protsessorini aytish mumkin. Dastavval bu 
    protsessor matritsalarni ko‘paytirish uchun kengaytma nomi bilan atalgan bo‘lsa, 
    keyinchalik MultiMedia Yextension-mulg‘timedia uchun kengaytma deb atala 
    boshladi. Bu yangi protsessorni ishlab chiqishdan maqsad, keyingi yillarda 
    ommaviy qo‘llanilib borilayotgan kompyuterning mulg‘timedia (ovozi, grafik, 
    tasvir) imkoniyatlarini har tomonlama barkamollik darajasiga ko‘tarish 
    mulg‘timedia amaliyotlarni tez bajarishni tahminlashdan iborat. Bu amallar 
    qatoriga, jumladan mulg‘timedia berilganlarini, ikki va uch o‘lchovli grafikalarni 
    tez bajarish kiradi. shu bilan birga bu protsessor ko‘paytirish va qo‘shish amallarini 
    ko‘proq ishlatadigan amaliy dasturlarda amallarni tezroq bajarishga qaratilgan. 
    shuning uchun ham uni ko‘proq matematik soprotsessorni talab qilmaydigan, 
    butun sonlar bilan ishlash bilan bog‘liq masalalarni yechishda qo‘llash maqsadga 
    muvofiq bo‘lsada, tajribalar uning har tomonlama ustunligini ko‘rsatadi.
    Monitor 
    Monitor (displey) kompyuterda matn va grafik ma‘lumotlarni tasvirlash 
    (ko‘rish) uchun xizmat
    qiladi. Uning elektron-nurli (SRT - Cathode 
    Ray Tube) va suyuq kristalli (jidkokristallicheskoe yoki LCD - 
    Liquid Crystal Display) ko‘rinishlari mavjud. Garchand tashqi 
    ko‘rinishidan u televizorga o‘xshab ketsada, ular bajaradigan 
    ishlari bilan keskin farq qiladilar. Monitorlar rangli va rangsiz 
    bo‘ladi. Kompyuter tarqatadigan nur umuman aytganda zararli, shuning uchun ham 
    bahzi kompyuterlarda past radiatsiya (Lowe radiation) so‘zlarini uchratish 
    mumkin. Lekin ularning inson organizmiga tahsiri tobora kamayib boradigan 


    27 
    rusumlari yaratilmoqda. Buning misoli keyingi yillarda chiqarilgan 17-21 dyuymli 
    SVGA (SUPER Video Grafic Adapter-katta video grafik adapter) monitorlarda 
    nurlarning tahsirini ancha kamaytirilishiga erishilganligini keltirish mumkin. 
    Monitor asosiy tavsiflaridan biri uning tasvirlash qobiliyatidir. Tasvirlash 
    qobiliyati ekranning gorizontali va vertikalidagi nuqtalar soni bilan beriladi. 
    Masalan 14 dyuymli (36.56 sm) monitorda tasvirlash qobiliyati 800x600, 15 
    dyuymli (38.1 sm) monitorda 1024x768, 17 dyuymli (43.2 sm) monitorda 
    1280x1024 va 21 dyuymli (53.54 sm) monitorda esa 1600x1200. Bundan tashqari, 
    monitorning yana bir tavsifi tasvirlarni hosil qiluvchi piksellar (nuqtalar) 
    o‘lchovining katta-kichikligidir. Tasvirlash qobiliyati 800x600 ga teng bo‘lgan 
    monitorlarda yaxshi tasvir piksel 0,31mm ga, 1024x768ga teng bo‘lgan 
    monitorlarda esa piksel 0,28 yoki 0,25ga teng bo‘lishi kerak. Monitorning tez 
    ishlashi uning adapteriga bog‘liq bo‘ladi. Matn holatida monitorlar nisbatan tez 
    ishlasada, grafik holatda u sekinroq ishlaydi. Uning tezligini oshirish yo‘llari ham 
    mavjud. 
    Xozirda monitorlarning suyuq kristalli (jidkokristallicheskoe yoki LCD) 
    ko‘rinishdagilari keng tarqalmoqda. Bunga sabab uning zararli nur tarqatib inson 
    ko‘ziga salbiy tahsir ko‘rsatmasligi xamda kam energiya sarfidir. Bundan tashqari 
    bunday monitorlar satxi o‘ta tekis bo‘lib, unda tasvirlar buzilmasdan ko‘rinadi. 
    Shuningdek xozirda plazmali monitorlar xam ishlab chiqarish yo‘lga 
    qo‘yilmoqda. U ichi inert gazi bilan to‘ldirilgan, satxi tekis shisha idish shaklida 
    bo‘lib ichki satxida esa minglab mayda elektrodlar joylashtiriladi. Xar bir elektrod 
    esa monitor ekranining bitta pikselini tashkil etadi. U xam inson uchun zararli 
    bo‘lgan nur tarqatmaydi. Suyuq kristalli monitorlardan farqi uning katta dioganalli 
    ko‘rinishlarini xam yaratish imkoniyati mavjud. 

    Download 6,64 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   39




    Download 6,64 Mb.
    Pdf ko'rish