Kompyuter xotirasi
Kompyuter xotirasida dasturlar va qayta ishlanayotgan ma‘lumotlar
saqlanadi. Xotiraning xar xil turlari va qurilmalari mavjud bo‘lib, ularning asosiy
xarakteristikasi axborot sig‘imi va tez ishlashidir. Shaxsiy kompyuterninig xamma
xotiralari tashkil qilinishi xususiyatlariga va ishlatilishiga ko‘ra ichki va tashqi
turlarga bo‘linadi.
Ichki xotiralar
Kompyuterni o‘chirilsa, bunday xotiralardagi ma‘lumotlar xam (doimiy
xotiradagidan tashqari) o‘chib ketadi.
Tezkor xotira kompyuterning muhim qismi bo‘lib, protsessor undan
amallarni bajarish uchun dastur, berilganlarni oladi va amalni bajarib, natijani yana
unda saqlaydi. Shuni alohida tahkidlash lozimki, kompyuter o‘chirilsa, tezkor
xotirada saqlanayotgan dasturlar va berilganlar yo‘q bo‘lib ketadi. Shuning uchun
ularni qattiq diskda yoki disketalarda saqlab qolish kerak.
Doimiy xotira. Kompyuterlarda berilganlar unga avvaldan joylashtirilgan
doimiy xotira (BIOS-Basic Input- Output System-kiritish chiqarishning asosiy
tizimi) mavjud. Bunday xotiradan faqat o‘qish mumkin. Shuning uchun ham u
ROM (Read Only Memory-faqat o‘qish uchun) deb ataladi. IBM ‗C
kompyuterlarda bu xotira kompyuter jihozlarini ishlashini tekshirish, amaliyot
tizimini boshlang‘ich yuklanishini tahminlash, qurilmalarga xizmat ko‘rsatishning
asosiy funktsiyalarini bajarish uchun ishlatiladi.
Kesh xotira. Kesh xotira kompyuter ishlash tezligini oshirish uchun
ishlatiladi. U tezkor xotira va mikroprotsessor orasida joylashgan bo‘lib, uning
yordamida amallar bajarish tezkor xotira orqali bajariladigan amallardan ancha tez
bajariladi. Shuning uchun kompyuter xotirasining ko‘proq ishlatiladigan qismi
34
nusxasini kesh xotirada saqlab turadi. Mikroprotsessorning xotiraga murojaatida,
avvalo, kerakli dastur va berilganlar kesh xotirada qidiriladi. Berilganlarni kesh
xotirada qidirish vaqti tezkor xotiradagiga nisbatan ancha kam bo‘lgani uchun kesh
xotira bilan ishlash vaqti ancha kam bo‘ladi. PENTIUM_2,3 kompyuterlarda kesh
xotira hajmi 512 Kb ni tashkil qiladi.
Videoxotira. Videoxotira monitor ekraniga video ma‘lumotlarni
(videotasvirlarni) saqlab turish uchun ishlatiladi. Shuni aytish lozimki,
videotasvirlar (ayniqsa rangli) kompyuter xotirasida ko‘p joy egallaydi. Shuning
uchun video xotira hajmi qancha katta bo‘lsa, shuncha yaxshi albatta.
Videoxotiraning 1 Mbaytdan kam bo‘lmagani yaxshi.
Tashqi xotiralar
Kompyuter o‘chiq yoki yoqiq xolatida xam bunday xotiralardagi
ma‘lumotlar saqlanib qoladi va uni yana ishlatish mumkin.
Egiluvchan disklar. Ularning diametri 3.5 dyum (89 mm) bo‘lib, hajmi 1,44
Kbgacha ma‘lumotni saqlashga mo‘ljallangan magnit qobiqli diskdan iborat.
Bunday diskdan ma‘lumotni o‘qish va unga ma‘lumotlarni yozish tezligi juda
kichik.
Qattiq disklar. qattiq disklar ma‘lumotlarni uzoq vaqt saqlashga
mo‘ljallangan disklardir. Ular ikki tarafi magnit qobig‘i bilan qoplangan 1 tadan 5
tagacha aylana metal plastinalardan iborat bo‘lib, umumiy o‘qda katta tezlikda
to‘xtovsiz aylanib turadi. Bunday disklarni mexanik buzilishini oldini olish
maqsadida maxsus metal korpus bilan himoyalab qo‘yiladi. Ularning hajmi xozirda
300 Gbgachani tashkil qiladi.
Lazerli (kompakt) disk. Keyingi paytda bu qurilma juda muhim rol
o‘ynamoqda. Uning asosiy sababi unga 650 - 700 Mbayt hajmdagi ma‘lumotni
sig‘ishi bo‘lsa, ikkinchi tomondan uni ishlatishda qulayligi bilan alohida ehtiborga
loyiq. Uning CD ROM, CD R va CD RW ko‘rinishdagilari mavjud bo‘lib,
birinchisiga zavodda maxsus usul bilan yoziladi va faqat o‘qish uchun
mo‘ljallangan, ikkinchisi ma‘lumotlarni faqat bir marta yozishga mo‘ljallangan va
oxirgisi ma‘lumotlarni ko‘p marta yozish uchun keng qo‘llanilmoqda. Bunday
35
disklarning ikki tarafiga xam yoziladiganlari xozirgi kunda keng qo‘llanilayapti.
DVD disklar. Bu nomdagi disklar raqamli ko‘pmaqsadli audio-video
ma‘lumotlarni saqlashga mo‘ljallangan bo‘lib, ularning ma‘lumot sig‘imi 4.7
Gbdir. Ularning xam faqat bir marta va ko‘p marta yoziladigan ko‘rinishlari
mavjud. Bunday disklarning xam ikki tarafiga yoziladiganlari bor.
Flesh-xotira. Bunday xotira qurilmasi mikrosxemelardan iborat bo‘lib
kompyuterning USB portiga ulanadi. Unlarning 256, 512, 1, 2 Gb va undan katta
hajmlilari xam mavjud. Ularga ma‘lumotlarni katta tezlikda yozib olish va saqlash
imkoni bor.
Disk yurituvchilar(Diskovodq)
Bu
qurilmalarning
ayrimlari
tashqi
xotiralarga
ma‘lumotlarni yozish va o‘qish, ayrimlari esa faqat ulardan
ma‘lumotlarni o‘qish uchun xizmat qiladi.
Egiluvchan 3.5 dyumli disklarga ma‘lumotlarni xam yozish
xam o‘qish uchun xizmat qiladigan disk yurituvchilar nisbatan arzon narxda
bo‘lgani uchun, ularni barcha shaxsiy kompyuterlarga o‘rnatilgan bo‘ladi.
Qattiq disklar kompyuterni ishlashi uchun kerak bo‘ladigan xizmatchi
dasturlarni va foydalanuvchining ma‘lumotlarini uzoq muddat saqlashga
mo‘ljallangan. Ularning xajmi juda katta bo‘lgani uchun undagi ma‘lumotlarni
qidirib topish yoki ma‘lumotlarni saqlash uchun bo‘sh joy tanlash birmuncha vaqt
talab qiladi. Shuning uchun bunday diskning xar bir qavtida shu diskni xar ikkala
tarafini o‘qiydigan golovkalar o‘rnatilgan. Diskni esa odatda mantiqiy ravishda
ikki yoki undan ko‘p bo‘laklarga bo‘lib xar birini aloxida disk deb ehlon qilishadi.
Shuning hisobiga diskda ma‘lumot bilan ishlashda katta tezlikka erishiladi.
Lazerli disklarga odatda zavodda yuqori aniqlikdagi lazer yordamida
ma‘lumotlar yoziladi va keyinchalik bu ma‘lumotlarni faqat CD ROM qurilmasi
yordamida o‘qiladi. Xozirgi kunda CD Writer va DVD RW qurilmalari xam bor
bo‘lib, ular yordamida lazer disklarga kompyuterning o‘zida ma‘lumot yozish va
o‘qish mumkin.
Drayverlar
36
Bu shunday dasturki, u mahlum qurilmalarni amaliyot tizimi bilan birga
ishlashini tahminlaydi. Agar tizimga biror qurilma ulangan bo‘lsayu unga mos
drayver o‘rnatilmagan va sozlanmagan bo‘lsa, u xolda Windows bunday qurilmani
tanimaydi. Masalan: klaviatura, monitor, disk, printer va boshqa qurilmalar
drayverlari bor.
Shina
Barcha adapterlar
mikroprotsessor va xotira orqali berilganlarni
ayirboshlovchi magistral yo‘l deb ataluvchi shinalar orqali bog‘langan bo‘ladi.
Shunday qilib, oddiy so‘z bilan aytsak, shinalar turli qurilmalarni bog‘lovchi
maxsus simlardir. Kompyuterda bir qancha shinalar bo‘lishi mumkin.
Kompyuterlarning elektron tuzilmasi elektron plata deb ataluvchi modullardan
iborat. Uning modul tuzilishiga ega bo‘lishi kompyuterlar tahmirlanishini oson
bajarish, uni foydalanuvchi ehtiyojiga qarab yig‘ish va o‘zgartirish imkoniyatini
beradi.
Tizim platasi
U kompyuterning asosiy platasi hisoblanib, unga BIOS, mikroprotsessor,
tezkor xotira, kesh xotira, shinalar joylashtirilgan bo‘ladi. Bundan tashqari, unda
bahzi bir qurilmalar, ishni boshqaruvchi elektron tizimlar, klaviatura, disk
qurilmalari adapteri ham joylashgan bo‘ladi. hozirda shinalarning PCI / ISA turi
keng ishlatilmoqda. Bunday shinalarning ma‘lumot ayirboshlashi tezligi yuqori
bo‘lib, u orqali kompyuterga ko‘p tashqi qurilmalarni ulash mumkin.
Kompyuterda kiritish-chiqarish portlari kontrolerlari mavjud bo‘lib, ular
tizim blokining orqa qismida joylashgan slot deb ataluvchi joylar orqali printer,
sichqoncha va boshqa qurilmalar ulanishi uchun xizmat qiladi. Kiritish-chiqarish
portlari parallel va ketma-ket bo‘ladi va ular mos ravishda LPT1-LPT4 va COM1-
COM3 deb belgilanadi. Odatda LPT portga printer va COM portga faks-modem,
sichqoncha va boshqa qurilmalar ulanadi.
Windowsning multimedia imkoniyatlari
Tovushlar va videoelementlar (video) bilan ishlash mulg‘timedia vositalari
deb ataladigan maxsus texnik va uskunaviy qurilmalar bilan amalga oshiriladi.
37
Bunday texnik vositalar bilan jihozlangan kompyuter mulg‘timedia - kompyuter
deb ataladi.
Mulg‘timedia atamasining lug‘aviy ma‘nosi mulg‘timuhitni anglatadi.
Ammo mulg‘timedia tushunchasining aniq tahrifi mavjud emas. Odatda
mulg‘timedia deganda turli shakldagi ma‘lumotlarni qayta ishlovchi vositalar
majmuasi tushuniladi. Ayni vaqtda bu avvalo tovushlar, videoelementlarni qayta
ishlovchi vositalardir. Shu bilan birga mulg‘tiplikatsiya (animatsiya) va yuqori
sifatli grafika hollarida ham mulg‘timedia haqida gapirish mumkin. Kelajakda
mulg‘timedia vositalari ma‘lumotning boshqa turlari, masalan, virtual voqelik
bilan ishlash imkonini berishi ehtimoldan xoli emas.
Mul’timedia qurilmalari
Raqamli foto- va videokameralar kompyuterga tasvirli va tovushli
ma‘lumotlarni (fototasvir va videofilg‘mlarni) kiritish uchun mo‘ljallangan.
Mikrofon tovushli ma‘lumotlarni kiritish uchun mo‘ljallangan.
Kolonkalar va naushniklar tovushli ma‘lumotlarni eshitish uchun
mo‘ljallangan.
|