40
Promt, Socrat, Magic Goody, Google Translate, Lingvo,bir tildan ikkinchi tilga
uguruvchi lug‗atlarga ega bo‗lishi zarur. Undan tashqari dasturiy ta‘minotida ofis
dasturlari. Internet, masofaviy ta‘limga mo‗ljallangan o‗quv platformalar, o‗quv
kurslarini yaratishga oid dasturlar, on-layn taqdimotlar yaratish uchun dasturlar,
dasturiy vositalar bo‗lishi zarur. Masofaviy kompyuter lingafon kabinetlarida esa
shularga qushimcha Moodle o‗quv platformasiga o‗rnatilgan o‗quv kurs bo‗lishi
kerak. Bunday sinflarda on-layn tarjimon dasturlar, boshqa tarjima qilish vositalari,
lug‗atlar, on-layn lug‗atlar va boshqa vositalar tarjima qilishga xizmat qiladi.
Lingafon sinflarida listinig-eshitishga oid mashg‗ulotlar, xikoyalarni eshitishga,
so‗zlarni o‗qilishiga va eese, insho yozishga mashg‗ulotlar o‗tkaziladi. Tarjima
dasturlari yordamida tarjima qilishga mashg‗ulotlar o‗tkazish mumkin. On-layn
tarzda matnlarni tarjima qilish, lug‗atlar orqali, on-layn va mobil telefonlardagi,
kompyuterlardagi tarjimon dasturlarini qo‗llash maqsadga muvofiqdir. Audio-
xikoyalarni eshitib, bayon yozish mashqlarini tashkil qilinadi. Video-ma‘ruzalar
yordamida mavzularni o‗rganish, til grammatikasiga o‗qish mumkin.Bu
asosdakompyuter orqali testlar o‗tkazish mumkin. Talabalar bilimin test dasturlari
orqali nazorat qilish mumkin.