Shaxsiy komp‟yuter tuzilishining axboriy- mantiqiy asoslari
1945 yilda birinchi kоmp yuterlar yaratilayotgan vaqtda taniqli amerikalik
matematik Djоn fоn Neyman kоmp yuterning axbоrоtni qayta ishlоvchi universal
va samarali qurilma bo‘lishi uchun qanday qismlardan ibоrat bo‘lishi kerakligini
yozgan. Bu kоmp yuter qurilmasining asоslari fоn Neyman printsiplari deyiladi.
Avvalambоr fоn Neyman printsiplariga asоsan kоmp yuter quyidagi
qurilmalarga ega bo‘lishi kerak:
Arifmetik-mantiqiy qurilma. Arifmetik-mantiqiy amallarni bajarish uchun;
Dasturlarni bajarilishini tashkil etuvchi bоshqarish qurilmasi;
Dasturlar va ma`lumоtlarni saqlash uchun xоtira;
Axbоrоtlarni kiritish va chiqarish uchun tashqi qurilma.
Kоmp yuter xоtirasi raqamlangan bir qancha katakchalardan ibоrat bo‘lib,
ularning har birida qayta ishlanayotgan ma`lumоt yoki dasturlarning
instruktsiyalari jоylashgan bo‘lishi mumkin. Xоtiraning barcha katakchalari kоmp
yuterning bоshqa qurilmalari uchun ham qulay bo‘lishi zarur. Quyidagi rasmda
kоmp yuter arxiterturasi ya`ni qurilmalari o‘rtasidagi bоg‘liqlik ko‘rsatilgan (bitta
chiziq bоshqarish alоqalarini, ikkita chiziq – axbоrоtli alоqani bildiradi):
Rasm. Kоmp yuter arxiteturasi.
Arifmetik mantiqiy
qurilma
Boshqarish
qurilmasi
Tashqi qurilma
Operativ
xotira
21
2. Kompyuter haqida umumiy ma’lumot
Kompyuter(inglizcha so‘zdan olingan bo‘lib – hisoblovchi ma‘nosini
bildiradi) – programmalashtirilgan axborotlarni qayta ishlovchi universal raqamli
hisoblash mashinasidir. U hozirda faqat hisoblovchi bo‘lmasdan, matnlar, tovush,
video va boshqa ma‘lumotlar ustida ham amallar bajaradi. shunga qaramasdan
hozirda uning eski nomi – kompyuter saqlangan. Uning asosiy vazifasi turli
ma‘lumotlarni qayta ishlashdan iborat. Avallo shuni aytish lozimki, ko‘pchilikning
tushunchasida go‘yoki biz kundalikda foydalanadigan faqat shaxsiy kompyuter bor
xolos. Bunga albatta sabablar ko‘p. shulardan biri hozirgi zamon shaxsiy
kompyuterlar ilgari universal deb hisoblangan kompyuterlardan tezligi va xotira
hajmi jihatidan ancha oshib ketganligida bo‘lsa, ikkinchi tomondan ko‘p
masalalarni
yechish
uchun
bu
kompyuterlar
foydalanuvchilarni
qanoatlantirishidadir. hozirda kompyuter atamasi ko‘p uchrasada, shu bilan birga
EhM (elektron hisoblash mashinalari), hM (hisoblash mashinalari) atamalari ham
hayotda ko‘p ishlatib turiladi. Ammo biz soddalik uchun faqat kompyuter
atamasidan foydalanamiz. Kompyuterlarning amalda turli xillari mavjud: raqamli,
analogli(uzluksiz),
raqamli-analogli,
maxsuslashtirilgan.
Ammo,
raqamli
kompyuterlar foydalanilishi, bajaradigan amallarning universalligi, hisoblash
amallarining aniqligi va boshqa ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgani uchun, ular ko‘proq
foydalanilmoqda. Amalda esa hozir rivojlangan mamlakatlarda kompyuterlarning
besh guruhi keng qo‘llanilmoqda.
Kompyuterlarni sinflash
Kompyuterlarni xotirasining hajmi, takt chastotasi(bir sekundda bajaradigan
amallar tezligi), ma‘lumotlarning razryad to‘rida (yacheykalarda) tasvirlanishiga
qarab, besh guruhga bo‘lish mumkin:
- super kompyuterlar;
- katta kompyuterlar;
- mini kompyuterlar;
- mikro kompyuterlar(shaxsiy kompyuterlar);
- bloknot va cho‘ntak kompyuterlari (notebook, la‘to‘, ‗almto‘),
22
Super kompyuterlar (top 500 kompyuterlar)- juda katta tezlikni talab
qiladigan va katta hajmdagi masalalarni yechish uchun mo‘ljallangan bo‘ladi.
Bunday masalalar sifatida ob-havoni global, bashoratiga oid masalalarni, uch
o‘lchovli fazoda turli oqimlarning kechishini o‘rganish masalalari, global
informatsion tizimlar va hokazolarni keltirish mumkin. Bu kompyuterlar bir
sekundda 10 trilliardlab amal bajaradi. Misol sifatida AqSh energetika
vazirligining Sandia laboratoriyasida o‘rnatilgan 9472 protsessorli Intel ASCI Red
kompyuterini keltirish mumkin. Xususan, bu kompyuter yadro sinovlarini va
eskirayotgan yadro qurollarini modellashtirishda qo‘llaniladi.
Katta kompyuterlar (Manframe Com‘uter)- fan va texnikaning turli
sohalariga oid masalalarni yechishga mo‘ljallangan. Ularning amal bajarish tezligi
va xotira hajmi superkompyuterlarnikiga qaraganda bir-ikki pog‘ona past. Bularga
misol sifatida AqShning CRAY (krey), IBM 390, 4300, IBM ES
/
9000,
Frantsiyaning Borrous 6000, Yaponiyaning M1800 rusumli kompyuterini va
boshqalarni misol qilib keltirish mumkin.
Minikompyuterlar (kichik kompyuterlar) hajmi va bajaradigan amallar
tezligi jihatidan katta kompyuterlardan kamida bir pog‘ona pastdir. Shuni aytish
joizki, ularning gabariti (hajmi) tobora ixchamlashib, hatto shaxsiy kompyuterdek
kichik joyni egallaydiganlari yaratilmoqda. Bunday kompyuterlar turkumiga ilk
bor yaratilgan ‗D‘-11 (‗rogramm Driver ‗rocessor - dasturiy boshqaruv protsessori)
turkumini, ilgari harbiy maqsadlar uchun ishlatilgan(maxfiy hisoblangan) VAX,
SUN turkumli kompyuterlar, IBM 4381, hewlett packard firmasining hP 9000 va
boshqalar minikompyuterga misol bo‘la oladi. shuni aytish joizki,
minikompyuterlar o‘zlarining «katta og‘alari» Manframe kompyuterlarni
imkoniyatlari darajasiga ko‘tarilib bormoqda.
Shaxsiy
kompyuterlar
hozirda
korxonalar,
muassasalar, oliy o‘quv yurtlarida keng tarqalgan
bo‘lib, ularning aksariyati IBM rusumiga mos
kompyuterlardir.
23
Bugungi kunda pentium IV kompyuterlari ham jahon bozorida keng
tarqalmoqda. IBM PC moslik kompyuterlarini yuzlab firmalar ishlab chiqarmoqda.
Bular IBM, Compaq, hewlett-packard, packard Bell, Toshiba, Apple, Siemens
Nixdors, Acer, Olivetti, Gateway, SUN va boshqa firmalardir. shuni aytish joizki,
yuqorida nomlari zikr etilgan firmalar ishlab chiqargan
kompyuterlar (bradename) - «Oq yasalgan», Janubiy-sharqiy
mamlakatlarda: Malayziya, Xitoy, Tayland, Koreya va boshqa
mamalakatlarda yuqorida nomlari keltirilgan firmalar litsenziyasi asosida ishlab
chiqarilgan kompyuterlar «Sariq yasalgan» nomga ega. Firma nomlari
ko‘rsatilmagan kompyuterlar esa «nomsiz kompyuterlar» (noname)deb yuritiladi.
Notebook kompyuterlar(yozuv kitobchasi). Noutbuk kompyuterlar hajmi
ancha ixcham bo‘lib, ammo bajaradigan amallar soni, xotira hajmi shaxsiy
kompyuterlar darajasiga ko‘tarilib bormoqda. Ularning qulaylik tomonlaridan biri
ham elektr energiyasidan va ichiga o‘rnatilgan batareyalarda ham uzluksiz
(batareyani har safar almashtirmasdan) ishlash mumkinligidir.
Bunda batareya quvvati energiyaga ulanishi bilan o‘zi zaryad ola boshlaydi
va u batareya bir necha yillarga mo‘ljallangan bo‘ladi. hozirda bunday
noutbuklarni IBM, Compaq, Acer, Toshiba va boshqa firmalar ishlab
chiqarmoqda. Tabiiyki, bunday kompyuterlar o‘z imkoniyatlari nuqtai nazaridan
shaxsiy kompyuterlarga tenglashayotganini nazarda tutilsa, uning narxi baland
bo‘lishini sezish qiyin emas. Bundan tashqari, bunday rusumli kompyuterlar 8-10
yil mobaynida buzilmasdan ishlash qobiliyatiga ega. Ular shaxsiy kompyuterlar
uchun yaratilgan amaliyot tizimlar MS DOS, qobiq dasturlar, Windows ning oxirgi
laxjalarida va boshqa amaliyot tizimlar boshqaruvida ishlaydi.
Hozirda noutbuk kompyuterlaridan ham ixcham cho‘ntak kompyuter
(palmtop)lari ham ishlab chiqilmoqda. Ular ham tabiiyki, amaliyot tizimi
boshqaruvida ishlaydi va ular turli soha masalalarini yechishga qodir.
la‘top kompyuterlari. Tizzada ishlatib o‘tirishga qulay va yengilligi bilan
noutbuk kompyuterlaridan farq qiladi.
|