O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti




Download 3,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/82
Sana02.02.2024
Hajmi3,88 Mb.
#150451
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82
Bog'liq
o\'quv uslubiy ko\'rsatma optika labaratoriya 2023 (7)
12. Kompleks sonlar va ular ustida amallar, ENG KERAKLI 3000 SO\'Z copy, Maqola, 2022-12-15 112603, bahadur2011, Boynazarov I.R. 1-tezis, 22.Revmatoid artrit, 18-Kandli diabet davolash usullari, Organik, 2121, Титул 2023 3.1, Физика-44-48, Konferensiya to\'plami (2) part93, 1 amaliy dars, Kitob 6478 uzsmart.uz
TAQRIZCHILAR:
Ikramov Rustamjon Gulomjonovich Namangan muxandislik texnologiya 
instituti Fizika kafedrasi professori, fizika-matematika fanlari doktori. 
 
Xalmirzaev Akramjon Abduqodirovich Namangan davlat universiteti fizika 
kafedrasi katta o’qituvchisi, fizika-matematika fanlari nomzodi. 
Namangan davlat universiteti o‘quv-uslubiy kengashida muhokama etilgan va 
chop etishga ruxsat berilgan. 
Bayonnoma №_4__ __ _____



K I R ISH 
O’zbekiston 
Respublikasi 
birinchi 
Prezidenti 
I.A.Karimovning 
tashabbuslari bilan qabul qilingan «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» har 
tamonlama barkamol, mustaqil fikrlovchi, erkin komil shaxsning shakllanishini 
ta’minlovchi uzluksiz ta’lim tizimining asosiy xuquqiy xujjatidir. Ushbu 
dasturning asosiy vazifalaridan biri ta’lim tizimidagi amalga oshirilayotgan 
islohatlar, ijobiy o’zgarishlar, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar to’g’risida 
muntazam ma’lumotlar berishdir. 
Optika fani yutuqlari, ilmiy tadqiqotlar hamda yorug’likning korpuskulyar 
va elektromagnit tabiati bilan bog’liq bo’lgan fizik qonuniyatlar bugungi kunda 
fundamental va amaliy ahamiyatga ega. Yorug’lik tarqalish qonuniyatlarini fan 
va texnikada keng qo’llanib kelinayotgan nurtola optikasining bugungi holati va 
istiqboli, interferentsiya, difraktsiya, qutblanish hodisalari, yorug’likning 
muhitlardan yutilishi, sochilish spektrini xosil bo’lishi va ular yordamida atom va 
molekulalarning xususiyatlarini o’rganish, Chiziqli va nochiziqli optika 
sohalaridagi zamonaviy fan yutiqlariga tayangan xolda elektromagnit 
to’lqinlarning muhitlarda infraqizil nurlanishlar, fotoeffekt hodisasi, optik kvant 
generatorlari va bir qator boshqa qonuniyatlarni o’rganish ushbu fanning asosiy 
maqsadi va vazifasini belgilaydi. 
Optika o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar 
doirasida bakalavr: 
-talaba optika sohasiga tegishli asosiy fizik qonuniyatlarni; ularning 
amaliyotdagi o’rnini; fan va texnika sohalariga tadbiq qilishni; fizik jarayonlarni 
ifodalovchi formulalarni, grafiklarni taxlil qilish va tegishli xulosalar chiqarishni 
bilishi kerak.
-fizik tajribalar, namoyishlar va hodisalarni fizik qonunlar va printsiplari 
asosida tavsiflash; optika fani va uning qonunlarini fan taraqqiyotidagi o’rni 
hamda amaliyotga qo’llash ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak. 
-o’quv dasturida rejalashtirilgan bo’limlar bo’yicha umumiy talab 
darajasidagi masalalarni yechish va taxlil qilish; matematik usullarni masalalar 



yechishda to’g’ri qo’llash; optika sohasidagi qonuniyatlarga tegishli laboratoriya 
ishlarini bajarish, optik qurilmalar bilan ishlash, yuqori aniqlikda natijalar olish, 
o’lchov asboblaridan to’g’ri foydalanish, tajribadan olingan natijalarni hisoblash, 
grafiklar chizish, taxlil qilish va xulosalar chiqarish malakalariga ega bo’lishi 
kerak. 
Yuqoridagilarga asosan 5140200-Fizika yo’nalishi talabalari uchun 
laboratoriya ishlarini bajarishda qulaylik tug’dirish maqsadida ushbu uslubiy
ko’rsatmani tavsiya etamiz. 
Optikadan laboratoriya ishlari to`plami ikki maqsadga qaratilgan. 
Birinchisi, optika nazariyasining amaliy tadbig`i. Ikkinchisi, talabalarda optik 
asboblar bilan ishlash ko`nikmalarini hosil qilish. Ushbu qo`llanmada: geometrik 
optika, fotometriya, dispersiya, interferensiya, difraksiya, qutblanish, nurlanish 
va optik kvant generatorlari bilan bog`liq bo`lgan jami 16 ta laboratoriya 
ishlarining to`la tavsifi keltirilgan. Laboratoriya sharoitini hisobga olgan holda 
keltirilgan ishlarning nazariyasi, bajarish usullari keng bayon etilgan ishlarning 
hammasi bakalavriat dasturiga to`liq mos keladi. 
Davr talabiga mos keluvchi mutaxassislar tayyorlashda talabalarga tavsiya
qilinadigan qo`llanma quyidagi talablarga javob berishi kerak: 
- laboratoriya ishining maqsadi; 
- laboratoriya ishiga oid asbob-uskunalar va ularning sxemalari; 
- ishni bajarish tartibi; 
- tajriba hatoliklarini hisoblash; 
- tajribada kuzatilgan natijalarni jadval yoki grafik usulida keltirish. 
- talabalarning fikr doirasini kengaytirish maqsadida bir necha usullar 
yoritilgan bo`lishi; 
- qo`shimcha adabiyotlarga ham murojaat qilish; 
Ushbu uslubiy ko’rsatma yuqoridagi talablarga mos ravishda yozilgan 
bo’lib, undan fizika o’qiydigan boshqa yo’nalishlar ham foydalanishi mumkin.
Mualliflar 




Download 3,88 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82




Download 3,88 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti

Download 3,88 Mb.
Pdf ko'rish