LABORATORIYA ISHLARINI BAJARISH JARAYONIDA




Download 3,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/82
Sana02.02.2024
Hajmi3,88 Mb.
#150451
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82
Bog'liq
o\'quv uslubiy ko\'rsatma optika labaratoriya 2023 (7)
12. Kompleks sonlar va ular ustida amallar, ENG KERAKLI 3000 SO\'Z copy, Maqola, 2022-12-15 112603, bahadur2011, Boynazarov I.R. 1-tezis, 22.Revmatoid artrit, 18-Kandli diabet davolash usullari, Organik, 2121, Титул 2023 3.1, Физика-44-48, Konferensiya to\'plami (2) part93, 1 amaliy dars, Kitob 6478 uzsmart.uz
LABORATORIYA ISHLARINI BAJARISH JARAYONIDA 
TALABALARGA QO`YILADIGAN TALABLAR 
1. Talabalar texnika havfsizligi bilan tanishib chiqib unga amal qilishi 
kerak.
2. Talaba navbatdagi amaliy mashg`ulotda qaysi nomerdagi 
laboratoriya ishini bajarish lozimligini o`qituvchi unga bir hafta 
oldin ma’lum qiladi. Bu yerda talabaning vazifasi belgilangan 
ishining nazariyasini o`zlashtirish, tegishli qurollar va ishni bajarish 
tartibi bilan tanishib kelishdan iborat. 
3. Har bir talaba laboratoriya ishlari uchun maxsus hisobot daftari 
tutib, bu daftarda laboratoriya ishini qanday bajarilganligi, olgan 
natijalari to`g`risidagi hisobotni tartibli qilib yozib borishi kerak.
4. O`qituvchi talabaning ishning nazariyasini va ishni bajarish 
metodikasini o`zlashtirganligiga ishonch hosil qilgach, unga ishni 
bajarishga ruxsat beradi.
5. Talaba ishga kirishgach, o`qituvchi uning qurollardan to`g`ri 
foydalanilayotganligini, olinayotgan natijalarning ishonchliligini 
ishni bajarish jarayonida tekshirib boradi va talabaning ishini 
bajarganligi to`g`risida uning daftariga hamda laboratoriya 
jurnaliga belgilab qo`yadi.
6. Laboratoriya ishining bajarilishi va olingan natijalar hisoboti 
o`qituvchiga grafik bo`yicha topshirilib boriladi. Bu hakda 
o`qituvchi tomonidan talaba daftariga va laboratoriya jurnaliga 
qayd qilinadi.
7. Agar talaba biror sababga ko`ra bitta yoki ikkita ishni bajara olmasa, 
qolib ketgan ishni darsdan tashqari vaqtda laboratoriya mudirining 
nazoratida bajarishi va o`qituvchiga bu hakida hisobotni topshirishi 
shart. Talabaning o`zboshimchalik bilan ish navbati grafigini 
buzishi qat’iy ma’n etiladi. 



8. Har bir talaba o`quv semestri davomida o`quv ishchi dasturida 
ko`rsatilgan amaliyot mashg`ulotini bajarishi lozim. SHundan 
keyin o`qituvchi talabaga yakuniy nazoratga kirishga ruxsat beradi.
9. Laboratoriya mashg`ulotlarida faol va namunali qatnashgan, barcha 
ishlarning natijalarini ilmiy saviyada olishga muvaffaq bo`lgan 
ayrim talabalar o`qituvchi tavsiyasiga ko`ra, kafedraning qaroriga 
binoan predmet kollokviumidan va sinov topshirishdan ozod 
qilinadi.
10. Laboratoriyadagi asbob-uskunalarga va boshqa o`quv jixozlariga 
sovuqqonlik bilan qarash natijasida ularni ishdan chiqargan talaba 
kafedra va dekanat tamonidan moddiy va ma’naviy jazolanadi. 
11. Amaliy mashg`ulotlar olib borilayotgan vaqtda guruhdagi boshqa 
talabalarning 
ishdan 
e’tiborini 
chalg`imasligi, 
ularning 
o`lchashlariga halaqit bermasligi zarur. 

Download 3,88 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82




Download 3,88 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



LABORATORIYA ISHLARINI BAJARISH JARAYONIDA

Download 3,88 Mb.
Pdf ko'rish