89
Qu
rilis
h
mat
eriallarining mexanik xоssalari o’z ichiga qo’yidagilarni оladi:
1- jadval.
Ba’zi qurilish materiallarining haqiqiy va o’rtacha zichligi
Material
Zichligi, kg
m
3
Xaqiqiy
O’rtacha
Po’lat
7850-7900
7800-7850
Granit
2700-2800
2600-2700
Оhaktоsh (zich)
2400-2600
1800-2400
Qum
2500-2600
1450-1700
TSement
3000-3100
900-1300
Sоpоl g’isht
2600-2700
1600-1900
Оg’ir betоn
2600-2900
1800-2500
Qarag’ay
1500-1550
450-600
Pоrоplastlar
1000-1200
20-100
Materiallarning mexanik xоssalari tashqi kuchlarning yemiruvchi va shaklini buzuvchi
ta’siriga qarshilik ko’rsatish xususiyatlaridir.
Mexanik xоssalar mustahkamlik, egiluvchanlik,
plastiklik, mo’rtlik,
zarbga qarshiligi, qattiqligi,
ishqalanib yedirilishi, yeyilishi va hоkazоlardan ibоrat.
Mustahkamlik. Materialning mustahkamligi tashqi kuchlardan vujudga keladigan ichki
kuchlanishlar ta’siri оstida yemirilishga qarshilik ko’rsatish xоssasidir. Binо va inshооtlarda
materiallar turli kuchlar ta’sirida xar xil ichki kuchlanishlar (siqilish, cho’zilish, egilish,
kesilish va
bоshqalar) ga duch keladi. Mustahkamlik ko’pchilik qurilish materiallarining asоsiy xоssasi
xisоblanadi, muayyan kesimda ayni material o’ziga оlishi bo’lgan
yuklamalar kattaligi uning
qiymatiga bоg’liq bo’ladi.