127
Respublika uchun ijtimoiy himoyalash tizimini tanlab olishda xalqning uzoq
yillar davomida qaror topgan ma’naviy ahloqiy qadriyatlari, turmush tarzi va
dunyoqarash xususiyatlari hisobga olinadi.
Shunday qilib, islohotlarning barcha yo’nalishlari mavjud iqtisodiy tizimning
izchillik bilan bozor iqtisodiyotiga o’sib o’tishiga qaratildi. Bu islohotlar
O’zbekistonning mustaqilligini iqtisodiy jihatdan ta’minlash, uni iqtisodiy jihatdan
rivojlangan va xalqaro miqyosda obro’-e’tiborli mamlakatga aylantirishga xizmat
qildi. «Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bozor islohotlarini chuqurlashtirish va
iqtisodiyotni erkinlashtirish jarayonlari ko’plab nufuzli xalqaro tashkilotlar tomonidan
munosib baholanmoqda. Misol uchun, har yili dunyoning 162 ta mamlakati bo’yicha
iqtisodiy erkinlik indeksini e’lon qiladigan «Nasledie» fondi xalqaro reyting
agentligining bu boradagi xulosasi e’tiborga sazovor. Bu tashkilot 2000-2007 yillarda
O’zbekistonda erkinlashtirish indeksi 18 punktga yaxshilanib, 53 foizni tashkil
qilganini e’tirof etadi. Hech shubhasiz, bu ko’rsatkich milliy iqtisodiyotimizni
erkinlashtirish sohasida sezilarli darajada rivojlanishga erishganimizdan dalolat
beradi»
25
.