|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti Pdf ko'rish
|
bet | 131/652 | Sana | 11.07.2024 | Hajmi | 8,58 Mb. | | #267370 |
Bog'liq IQTISODIYOT NAZARIYASIbozor infratuzilmasini yaratish
chora-tadbirlarini ham qamrab
oladi. Bunda moliya, bank-kredit tizimi muassasalari, sug’urta, auditorlik, yuridik va
konsalting firmalari hamda kompaniyalarini, birja tizimini yaratish taqozo qilinadi.
Respublikada bozor infratuzilmasini yaratish bir qator yo’nalishlar bo’yicha
bordi.
Birinchi yo’nalish
bo’yicha tovar-xomashyo birjasi tizimi rivojlandi. Bu, o’z
navbatida, brokerlik va dilerlik idoralari, savdo uylari, vositachi firmalar paydo
bo’lishiga olib keldi.
Ikkinchi yo’nalishda
kapital bozorining ishini ta’minlaydigan tuzilmalar
vujudga keltirildi. Kredit resurslari bozori va valyuta bozori vujudga keltirildi hamda
davlatga qarashli bo’lmagan sug’urta kompaniyalari tuzildi.
Uchinchi yo’nalish
ishchi kuchi bozorini shakllantirishdan iborat bo’lib, bu
sohada 240 dan ortiq mehnat birjasini o’z ichiga oluvchi katta tarmoq tuzildi.
Bozor islohotlari
tashqi iqtisodiy aloqalarga
ham tegishlidir. Bu sohada
islohotlarni amalga oshirish borasida respublikaning zamonaviy tashqi iqtisodiy
kompleksi mutlaqo yangidan shakllantirildi, tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarishning
mohiyat e’tibori bilan yangi mexanizmi vujudga keltirildi. Tashqi iqtisodiy faoliyat
bilan shug’ullanishi zarur bo’lgan muassasalar (Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki,
bojxonalar xizmati) barpo etildi. Respublikaning barcha vazirliklari va idoralari,
korxonalarida tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanuvchi maxsus bo’limlar,
tashkilotlar va firmalar tuzildi.
Amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning asl maqsadi insonga munosib
yashash va faoliyat ko’rsatish sharoitlarini vujudga keltirishdan iborat. Shu sababli
iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning butun davri davomida aholini ijtimoiy
himoyalash bo’yicha chora-tadbirlar ko’rish ob’ektiv zaruratdir.
Respublikada
|
| |