128
ravishda uni demokratik asosda shakllantirish; uchinchidan, «bosqichma-bosqich»
tamoyilining qo’llanilishi mamlakatimizda boshqa bir qator mamlakatlar o’z boshidan
kechirgan ichki sotsial ziddiyatlarning kuchayib ketishining oldini olish; to’rtinchidan,
mamlakatda mavjud bo’lgan muammolar kompleksi ichidan birinchi navbatda hal
qilinishi zarur bo’lgan asosiylarini belgilab olish, ularni hal qilish uchun barcha
kuchlarni yo’naltirish imkoniyatlarini berdi.
26
Umuman olganda, mamlakatimizdagi iqtisodiy islohotlarning har bir yo’nalishi
ham amalga oshirilgan chora-tadbirlarning bosqichliligi bilan tavsiflanadi. Jumladan,
mulkiy munosabatlarni isloh qilishda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirish jarayonlari kichik, o’rta va yirik korxonalar bo’yicha bosqichma-
bosqich amalga oshirildi. Agrar sohadagi islohotlar esa ma’muriy-buyruqbozlik
tizimidan meros bo’lib kolgan davlat xo’jaliklarini dastlab jamoa xo’jaliklariga,
so’ngra shirkat xo’jaliklariga aylantirish, keyinchalik muayyan shart-sharoitlar, zamin
tayyorlangandan so’ng, ularni fermer va dehqon xo’jaliklariga aylantirishdan iborat
bo’ldi. Narx islohoti ham narxlarni erkinlashtirishning bir necha bosqichlarini o’z
ichiga oldi: dastlab keng doiradagi ishlab chiqarish-texnika vositasi bo’lgan
mahsulotlar, ayrim turdagi xalq iste’moli mollari narxi erkinlashtirilib, aholining
kundalik ehtiyojida muhim o’rin tutuvchi oziq-ovqat va sanoat tovarlari narxlarining
chegarasi davlat tomonidan belgilab qo’yildi. Keyinchalik, milliy ishlab chiqarishning
o’sishi va iqtisodiyotning barqarorlashishi bilan deyarli barcha tovarlar narxlari
erkinlashtirildi.
Jumladan,