138
Islohotlar kontseptsiyasi – ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning asosiy maqsad va
yo’nalishlari, uni amalga oshirishning vazifalari va strategik yo’llarining umumiy
g’oyasi.
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish – tanglik holatlariga barham berish asosida
makroiqtisodiy muvozanatlikni saqlash va ishlab chiqarishni yuksaltirish uchun shart-
sharoitlarni vujudga keltirish.
Modernizatsiyalash – jamiyat hayotining turli jabhalarini tubdan o’zgartirish,
yangilash, bu borada taraqqiyotni jahondagi mavjud ilg’or andozalar tomon
yo’naltirish va takomillashtirish jarayonlarining majmui.
Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar:
1.
Bozor iqtisodiyotiga o’tishning jahon tajribasida sinalgan asosiy yo’llari
(modellari) ni ta’riflab bering. Ularning umumiy va o’ziga xos tomonlarini ko’rsating.
2.
O’zbekistonning bozor munosabatlariga o’tish yo’li qanday xususiyatlarga
ega? Respublika iqtisodiyotini isloh qilishga qanday tamoyillar asos qilib olinadi?
3.
Bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich qaror toptirish tamoyilining
mazmunini batafsil tushuntiring. Har bir bosqichning maqsad va vazifalarini to’laroq
bayon qiling.
4.
Mamlakatimizda iqtisodiyotni isloh qilish qanday yo’nalishlar bo’yicha
amalga oshirildi? Har bir yo’nalish bo’yicha o’zingizning fikr-mulohazalaringizni
bildiring.
5.
Bozor munosabatlariga o’tishda iqtisodiy islohotlar o’z oldiga qanday
vazifalarni qo’yadi? Bu vazifalarning to’laroq tavsifini bering.
6.
Bozor iqtisodiyotini shakllantirish davrida davlatning yetakchilik faoliyati nimadan
iborat ekanligini tushuntirib bering.
7.
O’zbekistonda bozor iqtisodiyotini qaror toptirishning qanday davlat
dasturlarini bilasiz? Ular bir-biri bilan qanday bog’langanligini tahlil qiling.
8.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirishning mazmunini
tushuntiring. Respublikamizda iqtisodiyotni erkinlashtirish o’z oldiga qanday vazifalarni
qo’yadi?
9.
Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan milliy taraqqiyotimiz alohida davrlarining
maqsad va vazifalari nimalardan iborat? Bu davrlarda qanday iqtisodiy chora-tadbilar amalga
oshirildi?
10.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va isloh etishning asosiy ustuvor vazifalarini
so’zlab bering.