146
Mazkur omillardan bir yoki bir nechtasining o’zgarishi taklif hajmining
o’zgarishini taqozo qiladi.
Taklifga ta’sir qiluvchi omillarni alohida-alohida qarab chiqamiz.
1.
Resurslarning narxi.
Ishlab chiqarish xarajatlari va taklif o’rtasida
mustahkam o’zaro bog’liqlik mavjud. Resurs narxlarining pasayishi ishlab chiqarish
xarajatlarini kamaytiradi va taklifni oshiradi. Aksincha, resurslarga narxning oshishi
ishlab chiqarish xarajatlarini oshiradi va taklifni qisqartiradi. Masalan, mineral
o’g’itlar narxining pasayishi bug’doy taklifini oshiradi, qurilish materiallari
narxlarining oshishi uy-joy va ishlab chiqarish binolari taklifini qisqartiradi.
2.
Ishlab chiqarish texnologiyasi.
Texnologiyalarning takomillashuvi mahsulot
ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkonini beradi. Resurslarning mavjud
narxida ishlab chiqarish xarajatlari kamayadi va taklif ko’payadi. Masalan, paxta
zararkunandalariga qarshi ancha samarali biologik usullarning yaratilishi paxta
tolasining miqdorini va sifatini, binobarin taklifini oshiradi.
3.