• Talab miqdori bilan taklif miqdori bir-biriga teng bo’lgan holat bozor muvozanati deyiladi . Bozor muvozanati vujudga kelgan holda shakllangan narx
  • 7.4-chizma Bozor muvozanati
  •  Talab miqdori va taklif miqdori o’rtasidagi




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet151/652
    Sana11.07.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #267370
    1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   652
    Bog'liq
    IQTISODIYOT NAZARIYASI

    3. Talab miqdori va taklif miqdori o’rtasidagi 
    nisbatning o’zgarishi. Bozor muvozanati 
     
    Biz yuqorida turli omillar ta’sirida talab va taklif miqdorining o’zgarib turishini 
    ko’rdik. Lekin talab bilan taklif miqdorlari bir-birlari bilan doimo ma’lum nisbatda 
    bo’ladi, bu nisbatlar o’zgarib turadi. Ba’zan talab taklif miqdoridan oshib ketib, narx 
    ko’tirilsa, ayrim paytda taklif talab miqdoridan oshib ketib, narx pasayib ketadi.
    Talab miqdori bilan taklif miqdori bir-biriga teng bo’lgan holat bozor 
    muvozanati deyiladi

    Bozor muvozanati vujudga kelgan holda shakllangan narx 
    bozor narxi deyiladi.
    Ba’zan uni 
    muvozanatlashgan narx
    deb ham yuritiladi. Bozor 
    muvozanati va muvozanatlashgan narx doimo mavjud bo’lmaydi, ularga ta’sir qiluvchi 
    ko’plab omillar muvozanatning buzilishiga sabab bo’ladi. Ammo iqtisodiyotda bozor 
    muvozanatiga intilish doimo mavjud bo’ladi. 
    Talab va taklif tushunchalari tahlili bizga sotuvchi va xaridorlar manfaatining 
    muvofiq kelishini qarab chiqish imkonini beradi. Bunday muvofiqlik o’z ifodasini 
    muvozanatlashgan narxda topadi.
    Oldingi bandlarda ko’rib chiqilgan bozor talabi va taklifi egri chiziqlarini bitta 
    grafikka joylashtirib, bozorning muvozanatlashgan nuqtasini hosil qilamiz (7.4-
    chizma).
    7.4-chizma
    Bozor muvozanati 
    P,
    700 
    600
    500 
    400 
    300 
    200 
    100 

    so’m 
    D ortiqcha ishlab chiqarish S
    E
    S taqchillik D
    10 20 30 40 50 60 Q, tonna 
    Grafikda E nuqtaga muvozanatlashgan narx (N
    m
    ) va mahsulotning 
    muvozanatlashgan miqdori (M
    m
    ) mos keladi. Ya’ni, kartoshka narxi 500 so’m 
    bo’lganda, xaridorlar 30 tonna kartoshkani sotib olishga, sotuvchilar esa 30 tonna 
    kartoshkani bozorga chiqarishga tayyor va bunday imkoniyatga egadirlar. Narxning 


    148 
    400 so’m darajasida sotuvchilar va xaridorlar ahvoli butunlay o’zgaradi: sotuvchilar 
    faqat 20 tonna kartoshkani sotishga, xaridorlar esa 50 tonna sotib olishga tayyor 
    bo’ladilar va hokazo. 
    Grafikda narxning 700 so’m darajasidagi bozor holati tovarlar ortiqcha ishlab 
    chiqarilishini ko’rsatadi va to’yingan bozorni ifodalaydi. Aksincha, 300 so’m 
    darajasidagi bozor holatida tovar taqchilligi (defitsit) vujudga keladi va taqchil tovar 
    bozorini tavsiflaydi. 
    Bozor muvozanatini o’ziga xos matematik tenglik sifatida ham ifodalash 
    mumkin: 

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   652




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Talab miqdori va taklif miqdori o’rtasidagi

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish