Soliqlar va subsidiyalar darajasi. Soliqlarning aksariyat turlari ishlab
chiqarish xarajatlari tarkibiga kiradi. Shu sababli soliqlarning oshishi ishlab chiqarish
xarajatlarini oshiradi va taklifni qisqartiradi. Masalan, import tovarlarga boj
to’lovlarining oshishi uning taklifini qisqartiradi. Aksincha, davlat qandaydir tovar
ishlab chiqarish yoki biror sohaga subsidiya (subsidiya – davlat tomonidan aholi yoki
korxonalarga o’z zararlarini qoplash yoki boshqa maqsadlar uchun qaytarilmaslik
sharti bilan beriluvchi mablag’) bersa, bu amalda xarajatlarni kamaytiradi va uning
taklifini oshiradi.
4.
Boshqa tovarlar narxi. Boshqa tovarlar narxlarining o’zgarishi ham mazkur
tovar taklifini o’zgartiradi. Masalan, boshqa o’zgarmas sharoitlarda qo’y go’shti
narxining pasayishi natijasida undan olinadigan foyda darajasi ham pasayib, qassoblar
tomonidan mol go’shti taklifining oshirilishiga olib keladi.
5.
Narx o’zgarishining kutilishi. Kelgusida mahsulot narxining o’zgarishining
kutilishi ham ishlab chiqaruvchining bugungi kundagi bozorga mahsulot yetkazib
berish xohishiga ta’sir ko’rsatishi mumkin. Masalan, kelajakda neft narxining keskin
pasayishining kutilishi neftning taklifini pasaytiradi.
6.
Ishlab chiqaruvchilar yoki sotuvchilar soni. Tovar ishlab chiqaruvchilar
qanchalik ko’p bo’lsa, taklif qilinadigan mahsulot miqdori shunchalik ko’p bo’ladi.
Tarmoqdagi ishlab chiqaruvchilar soni ortib borishi taklifni ko’paytiradi, chunki tovar
ishlab chiqarish ko’payadi.
Taklif hajmining o’zgarishiga tovarning saqlanish xususiyati, saqlash xarajatlari
va transport-tashish imkoniyatlari ham ta’sir ko’rsatadi. Masalan, uzoq vaqt saqlab
bo’lmaydigan qishloq xo’jalik va oziq-ovqat mahsulotlari uchun taklif kamdan-kam
o’zgaruvchan bo’ladi.
Ishlab chiqarish jarayonining xususiyati, tabiiy resurslarning mavjud darajasi
ham taklifga ta’sir ko’rsatadi. Masalan, narxning o’zgarishiga javoban ishlab
chiqarishni kengaytirish yoki boshqa xil mahsulot ishlab chiqarishga o’tish imkoniyati
mavjud bo’lsa taklif o’zgaradi. Qishloq xo’jaligiga yaroqli bo’lgan yerlar cheklangan
bo’lsa, uning narxi (renta) qanchalik oshmasin, yer taklifini oshirib bo’lmaydi.
147
Ijodiy kasb soha xodimlarining (masalan, olimlar, shoirlar, yozuvchilar,
musavvirlar va boshqalar) mehnat mahsuli va noyob san’at asarlarining taklifi ham
noo’zgaruvchan bo’ladi.