• 1. O’rinbosar tovarlarning mavjudligi.
  • ko’rsatkich talabning narx bo’yicha egiluvchanligi ko’rsatkichi deyiladi




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet153/652
    Sana11.07.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #267370
    1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   652
    Bog'liq
    IQTISODIYOT NAZARIYASI

    ko’rsatkich talabning narx bo’yicha egiluvchanligi ko’rsatkichi deyiladi.
    Bu 
    ko’rsatkich ko’pincha oddiy qilib 
    talabning egiluvchanligi
    deb ataladi.
    Talabning narx bo’yicha egiluvchanligi (E
    t
    ) darajasi quyidagi formula bo’yicha 
    hisoblanadi: 


    149 
    P
    Q
    E
    Ò




    Bu yerda:

    Q – talab miqdorining foizli o’zgarishi; 

    P – narxlarning foizli o’zgarishi. 
    Talabning narx bo’yicha egiluvchanligi tovarning muayyan narx darajasi uchun 
    alohida hisoblanadi. Masalan, 7.1-jadval asosida kartoshkaga talabning narx bo’yicha 
    egiluvchanligini ko’rib chiqaylik. Ma’lumotlardan ko’rinadiki, 1 kg kartoshka narxi 
    700 so’mdan 600 so’mga tushganda bozor talabi miqdori 10 tonnadan 20 tonnaga 
    qadar ortgan. Bunday holda talab elastikligi: 
    7
    700
    100
    :
    10
    10


    Ò
    E
    ga teng. 
    Ya’ni, kartoshka narxining 1 foizga pasayishi unga bo’lgan talab miqdorining 7 
    foizga o’sishiga olib kelgan. 
    Yuqorida ta’kidlaganimizdek, tovarning har bir muayyan narx darajasi uchun 
    talabning narx bo’yicha egiluvchanligi ko’rsatkichlari farqlanadi. Jumladan, 
    jadvaldagi ma’lumotlar bo’yicha, kartoshka narxi 600 so’mdan 500 so’mga 
    pasayganda talab egiluvchanligi ko’rsatkichi 3% ni, 500 so’mdan 400 so’mga 
    pasayganda 3,3% ni tashkil etadi va h.k. 
    Talab egiluvchanligini belgilab beruvchi bir qator omillar mavjud. Ularning 
    asosiylari quyidagilar: 
    1. O’rinbosar tovarlarning mavjudligi. 
    Odatda muayyan turdagi ehtiyojni bir 
    qator tovarlar bilan qondirish imkoniyati mavjud bo’ladi. Masalan, qishda sovuqdan 
    saqlanish uchun palto bilan bir qatorda kurtka, plashch va boshqa issiq kiyimlardan 
    foydalanish mumkin. Yoki biror joyga sayohatga borish uchun samolyot bilan bir 
    qatorda tezyurar poezd, avtomobildan foydalanish mumkin. Bu o’rinda kurtka, 
    plashch va boshqa issiq kiyimlar paltoning, tezyurar poezd, avtomobil samolyotning 
    o’rinbosar tovarlari hisoblanadi. Agar biror tovarning boshqa o’rinbosar tovarlari 
    qanchalik ko’p bo’lsa, unga bo’lgan talab shunchalik ko’p egiluvchan bo’ladi. 
    Jumladan, sof raqobatli bozorda taklif qilinadigan tovarlarning o’rinbosar tovarlari 
    juda ko’p bo’lib, shu sababli har bir alohida sotuvchi mahsulotlariga talab butunlay 
    egiluvchan hisoblanadi.

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   652




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ko’rsatkich talabning narx bo’yicha egiluvchanligi ko’rsatkichi deyiladi

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish