157
1)
mavjud va cheklangan budjetdan to’liq foydalaniladi;
2)
ehtiyojlar maksimal darajada qondiriladi.
Optimal tanlov ham quyidagi shartlarni keltirib chiqaradi:
birinchidan,
tanlov nuqtasining budjet chizig’ida yotishi. Iste’molchi amalda
barcha daromadini iste’molga sarflamay, ma’lum qismini kelgusidagi iste’molga
qoldirsada, nazariy jihatdan biz uni barchasi sarflanadi, deb faraz qilamiz. Agar nuqta
budjet chizig’idan chapda yotsa – uning to’liq sarflanmaganligini, o’ngda yotsa –
imkoniyat darajasidan chetda ekanligini tushunamiz;
ikkinchidan,
tanlangan iste’mol tovarlari to’plami eng ma’qul ko’rilgan
kombinatsiyada bo’lishi lozim (7.8-chizma).