161
talab esa qisqaradi; j) talab ortadi, taklif esa qisqaradi; z) talab ham, taklif ham
qisqaradi.
5. Engel qonunining mohiyatini tushuntirib bering.
6. Iste’molchi xatti-harakati nazariyasining asosida nimalar yotadi? Bu
nazariyaning asosiy qonun-qoidalarini izohlang.
7. Iste’molchining afzal ko’rishi nima? U iste’molchi tanloviga qanday ta’sir
ko’rsatadi?
8. Yalpi (umumiy) naflilik va so’nggi qo’shilgan naflilik tushunchalari o’rtasida
qanday bog’liqlik mavjud?
9. Befarqlik egri chizig’i nimani ifodalaydi? Befarqlik kartasi-chi? Ularning
iste’molchi xatti-harakatini tushuntirishdagi ahamiyatini izohlang.
10. Iste’molchi budjeti chizig’iga narx va daromaddagi o’zgarishlar qanday ta’sir
ko’rsatadi?