O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/652
Sana11.07.2024
Hajmi8,58 Mb.
#267370
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   652
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI

Asosiy tayanch tushunchalar: 
 
Talab – pul bilan ta’minlangan, to’lovga qodir ehtiyoj; ma’lum vaqt oralig’ida, 
narxlarning mavjud darajasida iste’molchilarning tovar va xizmatlar ma’lum turlarini sotib 
olishga qodir bo’lgan ehtiyoji.
Yakka talab – har bir alohida iste’molchi (masalan, shaxs, oila, korxona, 
firma)ning tovarning shu turiga bo’lgan talabi.
Bozor talabi – bir qancha (ko’pchilik) iste’molchilarning shu turdagi tovar yoki 
xizmatga bo’lgan talablari yig’indisi. 
Talab qonuni – tovar narxi va sotib olinadigan tovar miqdori o’zgarishi o’rtasida 
bo’ladigan teskari yoki qarama-qarshi bog’liqlik. 
Talab egri chizig’i – narx va talab hajmining o’zgarishi o’rtasidagi teskari 
bog’liqlikni ko’rsatuvchi egri chiziq. 
Oliy toifali tovarlar – daromadning o’zgarishi bilan talab miqdori to’g’ri 
bog’liqlikda o’zgaradigan tovarlar.
Past toifali tovarlar – daromadning o’zgarishi bilan talab miqdori teskari 
bog’liqlikda o’zgaradigan tovarlar. 
Engel qonuni – iste’molchi daromadi bilan u tomonidan sotib olinishi mumkin 
bo’lgan tovarlar miqdori o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik.
Taklif – ma’lum vaqt oralig’idagi narxlarning muayyan darajasida ishlab 
chiqaruvchi yoki sotuvchilar tomonidan ma’lum turdagi tovar va xizmatlarning 
bozorga chiqarilgan miqdori. 
Taklif qonuni – narxning o’zgarishi bilan taklif etilayotgan tovar miqdorining 
to’g’ri bog’liqlikdagi o’zgarishi.
Bozor muvozanati – talab miqdori bilan taklif miqdori o’rtasidagi nisbat bir-
biriga teng bo’lgan holat.
Bozor narxi – bozor muvozanati vujudga kelgan holda shakllangan narx. 
Talabning narx bo’yicha egiluvchanligi ko’rsatkichi – talab hajmiga ta’sir 
qiluvchi boshqa omillar o’zgarmay qolgan sharoitda narxning bir foizga o’zgarishi 
talabning necha foizga o’zgarishini ifodalovchi ko’rsatkich. 
Talabning daromad bo’yicha egiluvchanligi ko’rsatkichi – iste’molchi 
daromadining bir foizga o’zgarishi talabning necha foizga o’zgarishini ifodalovchi 
ko’rsatkich. 
Taklifning narx bo’yicha egiluvchanligi ko’rsatkichi – taklif hajmiga ta’sir 
qiluvchi boshqa omillar o’zgarmay qolgan sharoitda, narxning bir foizga o’zgarishi 
taklifning necha foizga o’zgarishini ifodalovchi ko’rsatkich. 
Iste’molchining afzal ko’rishi – iste’molchi tomonidan o’zi uchun turli 
tovarlarning naflilik darajasining baholanishi.
So’nggi qo’shilgan naflilik – muayyan ne’matning navbatdagi birligini iste’mol 
qilishdan olingan qo’shimcha naflilik. 


160 
Yalpi (umumiy) naflilik – so’nggi qo’shilgan naflilik ko’rsatkichlarining 
yig’indisi. 
Befarqlik egri chizig’i – ehtiyojlarni bir xil darajada qondirilishini ta’minlovchi 
iste’mol to’plamlari yig’indisi. 

Download 8,58 Mb.
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   652




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti

Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish